Muammoingizga mos savolni oching. Yechim topilmasa, sahifa oxiridagi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing — qaysi ma’lumotlarni yuborish kerakligi ham o‘sha yerda.
Matn tahriri yorlig‘i ko‘rinmayapti
Plaginni o‘rnatdim, lekin Word’da Matn tahriri yorlig‘i yo‘q
Quyidagi qadamlarni tartib bilan bajaring — har biridan keyin Word’ni qayta ochib tekshiring:
-
Word’ni to‘liq qayta ishga tushiring
Barcha Word oynalarini yoping. Vazifalar dispetcherida (Ctrl+Shift+Esc)
WINWORD.EXEqolmaganiga ishonch hosil qiling, so‘ng Word’ni qayta oching. -
Plagin Word’da yoqilganini tekshiring
Word’da File → Options → Add-ins (Файл → Параметры → Надстройки) ni oching. Pastdagi Manage ro‘yxatida COM Add-ins ni tanlab, Go ni bosing va UzOffice Word Add-In belgilanganini tekshiring. So‘ng Disabled Items ni tanlang: ro‘yxatda UzOffice bo‘lsa, uni belgilab Enable ni bosing.
-
UzOffice — plaginni tiklash yorlig‘ini ishga tushiring
Word’ni yoping. Start menyusida UzOffice Word Add-In papkasidagi UzOffice — plaginni tiklash yorlig‘ini oching. U plaginni Word’da qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi, Word uni qayta o‘chirib qo‘ymasligini ta’minlaydi va imzo sertifikatlarini qayta o‘rnatadi. Administrator huquqi kerak emas.
-
VSTO Runtime’ni tekshiring
Tiklash oynasida
DIQQAT: VSTO Runtime hali ham o'rnatilmaganyozuvi chiqsa, ko‘rsatilganvstor_redist.exefaylini administrator nomidan ishga tushiring (sichqonchaning o‘ng tugmasi → «Administrator nomidan ishga tushirish»), so‘ng kompyuterni qayta ishga tushiring. -
Qayta o‘rnating
Yordam bermasa, eng so‘nggi o‘rnatuvchini yuklab olib, Word yopiq holda ishga tushiring. Eski versiyani o‘chirish shart emas.
O‘rnatish oxirida «raqamli imzo sertifikatlari to‘liq o‘rnatilmadi» degan xabar chiqdi
Bu odatda korxona guruh siyosati (Group Policy) sertifikat o‘rnatishni taqiqlaganini bildiradi. Bunday holda Word plaginni yuklay olmaydi. Tizim administratoriga murojaat qiling yoki UzOffice — plaginni tiklash yorlig‘ini administrator nomidan ishga tushiring.
Faollashtirish muammolari
Faollashtirish ni bosganimda xato chiqdi
Har bir xabarning ma’nosi va yechimi Faollashtirish xatolari jadvalida. Eng ko‘p uchraydiganlari: kalit to‘liq nusxalanmagan (Invalid API key.), obuna tugagan (Key is expired.) va internet yoki proksi muammosi (Internet mavjud emas yoki serverga ulanib boʻlmadi.).
Device limit reached for this API key. — yangi kompyuterda faollashmayapti
Kalitdagi barcha kompyuter joylari band. Qaysi kompyuterlar ulanganini API kalitlari sahifasida Qurilmalarni ko‘rsatish orqali ko‘ring. Keyin boshqa kalitdan foydalaning, eski kompyuterni uzishni qo‘llab-quvvatlash xizmatidan so‘rang yoki kalitni almashtiring — batafsil: Qurilmalar soni.
Obunani uzaytirdim, lekin plagin hali ham «muddati tugagan» deyapti
Kalitning muddati u yaratilgan paytda belgilanadi va obuna uzaytirilganda o‘zgarmaydi. API kalitlari sahifasida yangi kalit yarating va uni Word’dagi Litsenziya oynasida faollashtiring. Batafsil: Muddat tugashi va uzaytirish.
Word plaginni o‘chirib qo‘ydi
Word «plagin muammo tug‘dirdi» deb uni o‘chirdi yoki plagin Disabled Items ro‘yxatiga tushdi
Word ishga tushishda xato bergan plaginlarni avtomatik o‘chiradi. Qayta yoqish uchun:
-
Disabled Items ro‘yxatidan chiqaring
File → Options → Add-ins, Manage: Disabled Items → Go, UzOffice’ni belgilab Enable ni bosing.
-
Tiklash yorlig‘ini ishga tushiring
Word’ni yopib, Start menyusidagi UzOffice — plaginni tiklash ni oching. U Word plaginni qayta o‘chirmasligi uchun himoya ham qo‘yadi.
-
Word’ni qayta oching
Muammo takrorlansa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xato jurnalini yuboring.
O‘girish va formatlash
O‘girish natijasi yoqmadi. Qanday qaytaraman?
Ctrl+Z ni bir marta bosing — butun o‘girish bitta amal sifatida bekor qilinadi.
Hujjatda o‘girilmasligi kerak bo‘lgan qismlar bor (inglizcha nomlar, kod, havolalar)
Lentadagi tugmalar butun hujjatni o‘giradi. Aralash hujjatda faqat kerakli qismlarni belgilab, o‘ng tugma menyusi orqali o‘giring.
O‘ng tugma menyusida o‘girish bandlari yo‘q
Bandlar faqat matn belgilanganda chiqadi. Faqat kursor turgan bo‘lsa yoki belgilangan qismda harf bo‘lmasa (raqam, rasm), ular ko‘rsatilmaydi. Hujjat tahrirdan himoyalangan bo‘lsa (Review → Restrict Editing), bandlar ham chiqmaydi — himoyani olib tashlang.
Formatlash o‘zgarib qoldimi?
O‘girish matnni harf-harf almashtiradi va formatlashga tegmaydi. Agar baribir biror joy o‘zgargan bo‘lsa, Ctrl+Z bilan qaytaring va hujjatni (yoki uning qismini) bizga yuboring — bu xato hisoblanadi va biz uni tuzatamiz.
Imlo tekshiruvi
Xato so‘zlar belgilanmayapti
Yozish paytida o‘chiq bo‘lsa, so‘zlar avtomatik tekshirilmaydi — uni yoqing yoki Xatolarni tekshirish tugmasini bosing. Lotin so‘zlari uchun imlo alifbosi hujjatga mosligini ham tekshiring.
To‘g‘ri so‘z xato deb chiqyapti
Uch sababni tekshiring: (1) apostrof noto‘g‘ri — Apostroflarni toʻgʻrilash ni bosing; (2) alifbo mos emas — Imlo: lotin alifbosi menyusida hujjat alifbosini tanlang; (3) so‘z lug‘atda yo‘q — o‘ng tugma menyusidan lug‘atga qo‘shing.
Qizil chiziqlar kerak emas yoki tozalangandan keyin ham qolyapti
Belgilarni tozalash tugmasini bosing. Keyin yozgan so‘zlaringiz Yozish paytida yoqilgan bo‘lsa yana tekshiriladi — chiziqlar umuman kerak bo‘lmasa, shu belgini olib tashlang. Chiziqlar faylga yozilmaydi, shuning uchun hujjatni boshqa kompyuterda ochganda ular ko‘rinmaydi.
Katta hujjat sekin ochilyapti
Hujjat ochilganda belgisini olib tashlang — shunda ochilishda butun matn tekshirilmaydi. Kerak bo‘lganda Xatolarni tekshirish ni qo‘lda bosing.
Word’ning o‘z imlo tekshiruvi (ingliz, rus tili) ishlamay qoldi
Ikki xil qizil chiziq aralashmasligi uchun plagin Word’ning «yozish paytida imlo va grammatikani tekshirish» sozlamasini o‘chiradi. Plaginni o‘chirgandan keyin uni qayta yoqish uchun: File → Options → Proofing (Файл → Параметры → Правописание) bo‘limida Check spelling as you type va Mark grammar errors as you type belgilarini qo‘ying.
Yangilanishlar
Yangi versiyani qanday o‘rnataman?
Yordam guruhidagi Yangilash … (yoki Yangilanishni tekshirish) tugmasini bosing. Yangi versiya bo‘lsa, quyidagi oyna ochiladi:
Batafsil: Plaginni yangilash.
Yangilanishni tekshirib boʻlmadi deb chiqyapti
Server bilan aloqa bo‘lmadi. Internetni tekshirib, oynadagi Qayta urinish tugmasini bosing. Korxona tarmog‘ida uzoffice.uz proksi yoki xavfsizlik devori tomonidan to‘silmaganini administratordan so‘rang. Eng so‘nggi versiyani har doim yuklab olish sahifasidan ham olishingiz mumkin.
Qaysi versiya o‘rnatilganini qanday bilaman?
Versiya lentadagi guruh nomida (Yordam · v2.1.0), Litsenziya oynasining pastida (Plagin versiyasi) va Qoʻllanma oynasining pastida ko‘rsatiladi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat
Yozing — ish kunlari javob beramiz:
- Telegram
- @uzoffice_support
- E-pochta
- support@mimaxgroup.com
- Telefon
- +998 99 870 49 26
- Boshqa usullar
- Aloqa sahifasi yoki Word’dagi Fikr bildirish tugmasi
Xabarga nimalarni qo‘shish kerak
- Muammo tavsifi va xato xabarining skrinshoti (holat satridagi xabar ham).
- Windows versiyasi va Word versiyasi (File → Account → About Word).
- Plagin versiyasi — Litsenziya oynasining pastida.
- Faollashtirish muammosida — O‘zOffice hisobingiz e-pochtasi (kalitning o‘zini yubormang).
- Xato jurnali:
%LOCALAPPDATA%\UzOfficeWordAddIn\ErrorLog.txt. Uni ochish uchun Win+R ni bosing,%LOCALAPPDATA%\UzOfficeWordAddInni kiriting va Enter ni bosing.
Diagnostika
Murakkab holatlarda qo‘llab-quvvatlash xizmati sizga maxsus diagnostika vositasini yuborishi mumkin. U kompyuterdagi plagin holatini tekshiradi va Ish stoliga UzOffice-Diagnostika.txt hisobotini saqlaydi — o‘sha faylni bizga qaytaring. Administrator huquqi kerak emas, hujjatlaringiz matni hisobotga kirmaydi.