O‘zOffice · Hujjat namunalari

Hujjat namunalari va shablonlari

Ariza, xat, buyruq, dalolatnoma, ishonchnoma va boshqa kundalik hujjatlarning tayyor shablonlari. Har birining to‘ldirilgan namunasi bor: qanday yozilishini ko‘ring, bo‘sh shablonni yuklab oling yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda to‘ldiring.

  • 28 ta shablon
  • To‘ldirilgan namunalar bilan
  • Lotin va kirill yozuvida
  • DOCX — Word’da ham ochiladi
Barcha shablonlar 5 ta namuna hamma uchun ochiq
Yozuv:

[Kvadrat qavs] ichidagi joylarni o‘z ma’lumotlaringiz bilan almashtiring.

Arizalar 8

Kadrlar va mehnat 6

Xatlar 6

Tashkiliy hujjatlar 5

Ishonchnoma va tilxatlar 3

Hech narsa topilmadi. So‘rovni o‘zgartirib ko‘ring.

Uch qadamda tayyor hujjat

  1. Shablonni tanlang

    Toifa yoki qidiruv orqali kerakli hujjatni toping va uning to‘ldirilgan namunasini ko‘ring.

  2. Ma’lumotlarni kiriting

    [Kvadrat qavs] ichidagi joylarni o‘z ma’lumotlaringiz bilan almashtiring — onlayn muharrirda yoki Word’da.

  3. Saqlang va chop eting

    Tayyor hujjatni DOCX ko‘rinishida yuklab oling yoki chop eting; tarifingizda bo‘lsa — PDF ham.

Ko‘p beriladigan savollar

Shablonlardan qanday foydalanish mumkin?

Bir nechta mashhur namuna hamma uchun ochiq — ularni ro‘yxatdan o‘tmasdan to‘liq ko‘rish mumkin. Qolgan shablonlarni ko‘rish uchun bepul ro‘yxatdan o‘tish kifoya. DOCX yuklab olish va onlayn muharrirda to‘ldirish faol obuna bilan ishlaydi; ro‘yxatdan o‘tgach 7 kunlik bepul sinov beriladi.

Namunalardagi ma’lumotlar haqiqiymi?

Yo‘q. Namunalardagi ism, tashkilot, pasport, STIR va hisob raqamlari xayoliy. Ular faqat har bir maydonga nima yozilishini ko‘rsatadi.

Kirill yozuvidagi nusxasi bormi?

Ha. Har bir shablon va namuna lotin va kirill yozuvida tayyorlangan — “Lotin / Kirill” tugmasi bilan almashtiring. O‘zingiz yozgan matnni lotin–kirill o‘giruvchisida o‘girishingiz mumkin.

Lotin–kirill o‘giruvchi

Shablonni Microsoft Word’da ochsa bo‘ladimi?

Ha. Fayllar DOCX formatida: ular Microsoft Word, LibreOffice va O‘zOffice muharririda ochiladi. Word’da o‘zbekcha imlo tekshiruvi va o‘girish uchun O‘zOffice plagini bor.

Microsoft Office uchun plaginlar

Shablonlar qonunchilikka mosmi?

Bu ish yuritishda keng qo‘llanadigan umumiy namunalar. Qonun moddalariga havola ataylab berilmagan, chunki tahrirlar tez-tez o‘zgaradi. Shartnoma, notarial ishonchnoma kabi muhim yuridik hujjatlar uchun mutaxassis bilan maslahatlashing.

Qisqa qo‘llanma

O‘zOffice’ni 7 kun bepul sinab ko‘ring

Kundalik ish yuritish uchun tayyor shablonlar: namunasini ko‘ring, DOCX yuklab oling yoki onlayn to‘ldiring.

Bepul ro‘yxatdan o‘tish