Windows’dagi Microsoft Office uchun

Word, Excel va PowerPoint uchun o‘zbek tili plaginlari

O‘zbekcha matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Office’da tekshiring va tahrir qiling: imlo va kontekst xatolari belgilanadi, to‘g‘ri variant taklif qilinadi, apostroflar tartibga keladi, kerak bo‘lsa matn lotin↔kirill yoki yangi 2026 alifbosiga o‘giriladi. Bitta o‘rnatuvchi uchala dasturga “Matn tahriri” yorlig‘ini qo‘shadi, bitta litsenziya esa hammasida ishlaydi.

  • Windows 10 / 11
  • Office 2016 va undan yangi
  • Versiya 2.5.3.0
  • 158.3 MB

Raqamli imzolangan o‘rnatuvchi

Telefondan kirdingizmi?

Plaginlar Windows kompyuteri uchun. Havolani o‘zingizga yuboring — kompyuterda ikki daqiqada o‘rnatasiz.

Uchta dastur

O‘zingizga kerakli dasturni tanlang

Har bir dasturning o‘z xususiyatlari hisobga olingan — lekin o‘rnatuvchi, litsenziya va lug‘at hammasi uchun bitta.

Word plagini

Microsoft Word

O‘zbekcha imlo va kontekst xatolarini Word’ning o‘zida topadi va tuzatadi, hujjatni esa formatlashi bilan o‘giradi.

  • Imlo va kontekst xatolari — o‘ng tugmada to‘g‘ri variant
  • Apostroflar bir bosishda tartibga keladi
  • Matn, sarlavha, jadval va izohlar birga o‘giriladi

Excel plagini

Microsoft Excel

Kataklardagi o‘zbekcha imlo xatolarini topadi va birma-bir tuzatadi; matnni o‘giradi — formula, son va sanalarga tegmaydi.

  • “Keyingi xato” va “Birma-bir tuzatish”
  • Faqat matnli kataklar — formulalar xavfsiz
  • O‘z “Bekor qilish” tugmasi

PowerPoint plagini

Microsoft PowerPoint

Slaydlar va ma’ruzachi izohlaridagi o‘zbekcha imlo xatolarini topadi va tuzatadi; matnni dizayn va havolalarni saqlagan holda o‘giradi.

  • Slaydlar va izohlarda imlo tekshiruvi
  • Sarlavha, jadval, SmartArt va guruhlar
  • Butun o‘girish — bitta Ctrl+Z
Bitta o‘rnatuvchi · bitta litsenziya

Bir marta o‘rnating — uchala dasturda ishlaydi

Word, Excel va PowerPoint uchun alohida narsa yuklab olish, alohida kalit sotib olish yoki har birini alohida faollashtirish shart emas.

  • Bitta o‘rnatuvchi

    UzOfficeWordAddInSetup.exe uchala plaginni birga o‘rnatadi. Yangilanish ham bitta.

  • Bitta faollashtirish

    Kalitni Word, Excel yoki PowerPoint’dan birida kiriting — qolgan ikkitasida ham faol bo‘ladi. Bitta kompyuter bitta qurilma hisoblanadi.

  • Umumiy lug‘at va sozlamalar

    Shaxsiy lug‘atga qo‘shilgan so‘z va imlo alifbosi tanlovi (joriy, yangi yoki ikkalasi) uchala dasturda bir xil.

Imkoniyatlar

“Matn tahriri” yorlig‘ida nimalar bor

Asosiy tugmalar va qoidalar Word, Excel va PowerPoint’da bir xil — bir dasturda o‘rgansangiz, qolganlarida ham bilasiz. Excel va PowerPoint’da xatolarni ketma-ket ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha tugmalar ham bor.

O‘zbekcha imlo va kontekst tekshiruvi

Lug‘atda yo‘q so‘zlar va gapda noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zlar ekranda rangli to‘lqin chiziq bilan belgilanadi, nechta xato topilgani holat satrida ko‘rinadi. Faylga hech narsa yozilmaydi: saqlash, chop etish va PDF o‘zgarmaydi.

O‘ng tugmada to‘g‘ri variant

Xato so‘z ustida o‘ng tugmani bosing — to‘g‘ri variantlar, lug‘atga qo‘shish yoki e’tiborsiz qoldirish. Excel va PowerPoint’da “Keyingi xato” va “Birma-bir tuzatish” bilan hammasini ketma-ket ko‘rib chiqasiz.

Yozish paytida va ochilganda

Imlo yozish paytida yoki fayl ochilishi bilan avtomatik tekshirilishi mumkin. Excel va PowerPoint’da belgi rangini — qizil yoki sariq — o‘zingiz tanlaysiz.

Apostroflarni to‘g‘rilash

O‘ va g‘ dagi belgi hamda tutuq belgisi aralashib ketgan bo‘lsa (' ‘ ’ `), bitta tugma bilan to‘g‘ri belgiga keltiradi: Word’da butun hujjatda, Excel va PowerPoint’da tanlangan qamrovda.

Lotin ↔ kirill o‘girish

Lotin→kirill, kirill→lotin: belgilangan qism yoki butun hujjat, kitob, taqdimot. Shrift, rang va formatlash joyida qoladi.

Yangi lotin alifbosi (Ö, Ğ, Ş, Ç)

Matnni 2026-yilgi yangi lotin yozuviga o‘tkazadi — manba kirill yoki joriy lotin bo‘lishi mumkin. Imlo tekshiruvi ham yangi alifboga o‘zi o‘tadi.

O‘rnatish

Uch qadamda ishga tushadi

Bitta o‘rnatuvchi Word, Excel va PowerPoint’ga birdaniga o‘rnatadi.

  1. 1

    Faylni yuklab oling

    Word, Excel va PowerPoint yopiq holda o‘rnatuvchini ishga tushiring — uchala plagin birga o‘rnatiladi.

    O‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma
  2. 2

    Office dasturini oching

    Word, Excel yoki PowerPoint lentasida “Matn tahriri” yorlig‘i paydo bo‘ladi.

  3. 3

    Kalitni kiriting

    “Litsenziya” tugmasini bosing va hisobingizdagi API kalitini qo‘ying — bitta dasturda faollashtirish kifoya.

    Kalitni qayerdan olaman?

Tizim talablari

  • Windows 10 / 11
  • Office 2016, 2019, 2021 yoki Microsoft 365 (kompyuter versiyasi)
  • .NET Framework 4.8 va VSTO Runtime — o‘rnatuvchi o‘zi qo‘yadi
  • O‘zOffice hisobi va API kaliti

Mac, telefon, planshet va brauzerdagi Office Online’da ishlamaydi.

Tariflar

Plaginlar qaysi tariflarda bor

Yuklab olish va o‘rnatish bepul. Office’da ishlatish uchun faol obuna kerak — API kaliti shu obunadan olinadi va uchala plaginga yetadi.

  • Har bir tarifda:
  • Word, Excel va PowerPoint
  • O‘zbekcha imlo va kontekst tekshiruvi
  • Lotin ↔ kirill o‘girish

Bepul

7 kunlik sinov

0 UZS
Tanlash
  • 1 ta kompyuter
  • 1 ta API kalit
  • 100 MB disk xotira

Premium

49 999 UZS / oyiga
Tanlash
  • 3 ta kompyuter
  • 1 ta API kalit
  • 1 GB disk xotira

Korporativ

99 999 UZS / oyiga
Tanlash
  • 10 ta kompyuter
  • 1 ta API kalit
  • 48.9 GB disk xotira
Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Qaysi Office versiyalarida ishlaydi?

Windows 10 va 11 dagi Microsoft Office 2016, 2019, 2021 hamda Microsoft 365 — kompyuterga o‘rnatiladigan Word, Excel va PowerPoint. 32 va 64 bitli Office ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Har bir dastur uchun alohida litsenziya kerakmi?

Yo‘q. Bitta kalit uchala plaginga yetadi: litsenziyani Word, Excel yoki PowerPoint’dan birida faollashtirsangiz, qolgan ikkitasida ham faol bo‘ladi. Bitta kompyuterdagi uchala dastur bitta qurilma hisoblanadi.

Telefon yoki Mac’da ishlaydimi?

Yo‘q, plaginlar faqat Windows’dagi Office uchun: Mac, telefon, planshet va brauzerdagi Office Online’da ishlamaydi. U yerda O‘zOffice’ning veb-versiyasidan foydalaning — u brauzerda ochiladi va o‘sha o‘girish hamda imlo imkoniyatlarini beradi.

Plaginlar bepulmi?

Yuklab olish va o‘rnatish bepul. Office ichida ishlatish uchun O‘zOffice hisobi va faol obuna kerak — API kaliti shu obuna doirasida beriladi. Ro‘yxatdan o‘tganda 7 kunlik sinov muddati beriladi.

Fayllarimning ko‘rinishi buzilmaydimi?

Yo‘q. Matn harf-harf, o‘z joyida almashtiriladi: shrift, rang, jadval, ro‘yxat va havolalar saqlanadi. Excel’da formula, son va sanalarga umuman tegilmaydi.

Bitta kalit nechta kompyuterga yetadi?

Tarifga bog‘liq: har bir kalit uchun ruxsat etilgan kompyuterlar soni belgilangan (7 kunlik sinovda — 1 kalit, 1 kompyuter). Bitta kompyuterdagi Word, Excel va PowerPoint bitta qurilma hisoblanadi. Plaginlarni yangi kompyuterga ko‘chirish uchun yordam xizmatiga yozing — eski qurilmani bo‘shatib beramiz — yoki “API kalitlari” sahifasida kalitni o‘chirib, yangisini yarating.

Ishlash uchun doim internet kerakmi?

Yo‘q. Kalit faollashtirilgach, o‘girish va imlo tekshiruvi kompyuterning o‘zida bajariladi. Plaginlar faqat vaqti-vaqti bilan litsenziyani tekshiradi va yangilanishni so‘raydi.

Office’ni o‘zbekcha ishlashga o‘rgating

Bitta o‘rnatuvchi — Word, Excel va PowerPoint. Yoki avval veb-versiyani sinab ko‘ring: hammasi bitta hisobda ishlaydi.