O‘zOffice
O‘zOffice
  • Bosh sahifa
  • Matn muharriri Hujjatlar yozish va hamkorlikda tahrirlash Jadval muharriri Hisob-kitob va ma’lumotlar jadvali Hujjat namunalari Ariza, xat, buyruq — bepul shablonlar Lotin–kirill o‘giruvchi Yangi lotin alifbosi bilan Barcha imkoniyatlar O‘zOffice nimalar qila olishi — bir sahifada
  • Word plagini Imlo tekshiruvi, tahrir va o‘girish Excel plagini Jadvallarda imlo tekshiruvi va o‘girish PowerPoint plagini Taqdimotlarda imlo tekshiruvi va o‘girish
    Barcha Office plaginlari Yuklab olish
  • Narxlar
  • Yordam markazi Savol-javoblar Qo‘llab-quvvatlash Integratsiyalar Loyiha haqida
O‘zbekcha Ўзбекча Русский English
Tizimga kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Huquqiy

Maxfiylik siyosati

O‘zOffice qaysi ma’lumotlarni, nima uchun to‘playdi, ular qayerda va qancha muddat saqlanadi hamda siz ularni qanday boshqarasiz.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 29-sentabr Operator: MIMAX SOFTWARE GROUP Xizmat ko‘rsatish shartlari

Mundarija

    Qisqacha

    • O‘zbekistonda saqlanadiServerlarimiz va shaxsga doir ma’lumotlaringiz O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan.
    • Ma’lumot sotilmaydiMa’lumotlaringizni sotmaymiz, reklama cookie-fayllari va uchinchi tomon analitikasidan foydalanmaymiz.
    • Plagin lokal ishlaydiWord, Excel va PowerPoint plaginlari hujjat matnini hech qachon yubormaydi: o‘girish va imlo tekshiruvi kompyuteringizda bajariladi.
    • Karta ma’lumoti bizda yo‘qTo‘lov Payme yoki Click sahifasida amalga oshiriladi, karta rekvizitlari bizga yetib kelmaydi.
    • Faoliyatingiz sizga ko‘rinadiKirishlar va boshqa akkaunt hodisalari /Profile/Logs sahifasida ko‘rsatiladi va 180 kun saqlanadi.
    • HuquqlaringizMa’lumotlaringiz bilan tanishish, ularni tuzatish yoki o‘chirishni qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali so‘rashingiz mumkin.

    Biz kimmiz va ushbu siyosat nimani qamrab oladi

    O‘zOffice (uzoffice.uz) — o‘zbek tili uchun onlayn ofis xizmati. Xizmat operatori — MIMAX SOFTWARE GROUP, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda — “Operator”, “biz”). Shaxsga doir ma’lumotlaringizga nima maqsadda va qanday ishlov berilishini Operator belgilaydi.

    Ushbu siyosat qanday shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishimiz, nima uchun, qancha muddat saqlashimiz va sizning qanday huquqlaringiz borligini tushuntiradi. U quyidagilarga tatbiq etiladi:

    • uzoffice.uz sayti va O‘zOffice akkauntingiz;
    • veb matn muharriri va jadval muharriri;
    • /solutions/transliteration sahifasidagi bepul ommaviy konvertor;
    • Microsoft Word, Excel va PowerPoint uchun O‘zOffice plaginlari (keyingi o‘rinlarda — “plagin”).

    Shaxsga doir ma’lumotlarga O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlov beramiz. Xizmatdan foydalanish qoidalari Foydalanish shartlarida bayon etilgan.

    Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

    Biz faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘amiz. Quyidagi jadvalda barcha toifalar keltirilgan.

    Ma’lumotManbaMaqsadSaqlash muddati
    Ism, familiya, elektron pochta manziliSiz, ro‘yxatdan o‘tishdaAkkaunt yaratish va sizni tanish, xizmat xatlarini yuborishAkkaunt o‘chirilgunga qadar
    ParolSizTizimga kirish. Parolning o‘zi emas, faqat “tuzlangan” xeshi saqlanadiAkkaunt o‘chirilgunga qadar
    Telefon raqami (ixtiyoriy)Siz, profildaProfildagi aloqa ma’lumoti; hujjatlarni telefon raqami orqali ulashishUni olib tashlaguningizcha yoki akkaunt o‘chirilgunga qadar
    Google orqali kirish: elektron pochta, ism va familiyaGoogle, agar u orqali kirishni tanlasangizAkkaunt yaratish va tizimga kiritish. Profil rasmi saqlanmaydiAkkaunt o‘chirilgunga qadar
    Telegram orqali kirish: Telegram foydalanuvchi ID raqami, ism va familiyaTelegram, agar u orqali kirishni tanlasangizAkkaunt yaratish va tizimga kiritish. Surat saqlanmaydi. Bunday akkauntlar uchun tizim ichida texnik (shartli) elektron pochta manzili yaratiladiAkkaunt o‘chirilgunga qadar
    Hujjatlar (DOCX) va jadvallar (XLSX)SizFayllaringizni saqlash, ko‘rsatish va tahrirlash. Ular serverlarimiz diskida akkauntingizga tegishli papkada saqlanadiUlarni butunlay o‘chirguningizcha yoki akkaunt o‘chirilgunga qadar
    Ulashish yozuvlari: fayl kimga ulashilgani (elektron pochta yoki telefon), ruxsat darajasi (ko‘rish/tahrirlash), ixtiyoriy amal qilish muddatiSizBoshqa odamlarga fayllaringizga kirish huquqini berishUlashishni bekor qilguningizcha, fayl yoki akkaunt o‘chirilgunga qadar
    Shaxsiy imlo lug‘atingizga qo‘shgan so‘zlaringizSizImlo tekshiruvi bu so‘zlarni xato deb belgilamasligi uchunUlarni olib tashlaguningizcha yoki akkaunt o‘chirilgunga qadar
    Faoliyat jurnali: hodisa turi, vaqti, IP-manzil, brauzer ma’lumoti (user-agent)Avtomatik yoziladiAkkaunt xavfsizligi; sizga /Profile/Logs sahifasida ko‘rsatiladi180 kun
    Sayt analitikasi: _uzv tashrif buyuruvchi identifikatori, sahifalar, qayerdan kelganingiz, qurilma va brauzer ma’lumotlari, IP-manzil, taxminiy joylashuvBrauzeringiz va serverimizSaytdan qanday foydalanilishini tushunish va uni yaxshilash (Sayt analitikasi bo‘limiga qarang)Sahifa ko‘rishlari 120 kun, seanslar 400 kun
    Office plaginlari (Word, Excel, PowerPoint) ma’lumotlari: litsenziya kaliti, qurilmaning anonim identifikatori va litsenziya hamda yangilanishlar uchun zarur texnik ma’lumotlar, IP-manzilPlagin va serverimizLitsenziyani faollashtirish va tekshirish, qurilmalar limiti, yangilanishlar (Office plaginlari bo‘limiga qarang)Kalit mavjud ekan, so‘ng cheklangan muddat
    To‘lov yozuvlari: to‘lov tizimi, undagi tranzaksiya raqami, summa (UZS), holat, vaqtlar, bog‘langan obunaPayme yoki Click va serverimizPullik obunani faollashtirish, buxgalteriya hisobiBuxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talab qiladigan muddat davomida

    Faoliyat jurnaliga quyidagi hodisalar yoziladi: muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz kirishlar (jumladan, Google va Telegram orqali), tizimdan chiqish, ro‘yxatdan o‘tish, elektron pochtani tasdiqlash va o‘zgartirish, parolni o‘zgartirish va tiklash, profilni yangilash, API kalitlar va qurilmalar bilan bog‘liq hodisalar, obuna hodisalari.

    Nimalarni yig‘maymiz

    • bank kartasi rekvizitlarini — ular faqat Payme yoki Click sahifasida kiritiladi;
    • plagin yordamida Word, Excel va PowerPoint’da tahrirlayotgan hujjat, jadval va taqdimotlaringiz matnini;
    • veb muharrirda imlo tekshiruvi uchun yuborilgan so‘zlarni (lug‘atingizga qo‘shganlaringizdan tashqari);
    • bepul ommaviy konvertorga kiritilgan matnni.

    Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz va qanday asosda

    Shaxsga doir ma’lumotlardan faqat quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

    • Xizmatni ko‘rsatish: akkaunt yaratish, tizimga kiritish, fayllarni saqlash va tahrirlash, ulashish, imlo tekshiruvi va o‘girish, obunalar va plagin litsenziyalari.
    • Xavfsizlik: ruxsatsiz kirishning oldini olish, suiiste’mollarni aniqlash, so‘rovlar limitini qo‘llash, hodisalarni tekshirish.
    • Xizmat xatlari: elektron pochtani tasdiqlash, parolni tiklash, pochta manzilini o‘zgartirish bo‘yicha tasdiqlash va xabarnomalar, Office plaginlarining yangi versiyalari haqida xabarnomalar.
    • To‘lovlar va buxgalteriya hisobi: pullik tariflarni faollashtirish va qonun talab qiladigan yozuvlarni yuritish.
    • Saytni yaxshilash: o‘z analitikamizdan olingan umumlashgan statistika.

    Ishlov berishning huquqiy asoslari:

    • ro‘yxatdan o‘tishda va ushbu siyosatni qabul qilishda bergan roziligingiz (uni qaytarib olishingiz mumkin — Huquqlaringiz bo‘limiga qarang);
    • siz bilan Operator o‘rtasidagi shartnomani (Foydalanish shartlarini) bajarish;
    • Operatorning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan majburiyatlari (masalan, buxgalteriya hisobi).

    Hujjatlaringizga qanday ishlov beriladi

    • Veb muharrir. Hujjat va jadvallarni ko‘rsatish va saqlash uchun ularga serverimizda ishlov beriladi. Imlo tekshiruvi uchun so‘zlar serverga yuboriladi; ular jurnalga yozilmaydi va saqlanmaydi (shaxsiy lug‘atingizga qo‘shgan so‘zlaringizdan tashqari).
    • Bepul konvertor. /solutions/transliteration sahifasiga yuborilgan matn o‘giriladi va saqlanmaydi. Bitta so‘rovda 10 000 tagacha belgi bo‘lishi mumkin. So‘rovlar soni cheklangan; bu cheklovni qo‘llash uchun IP-manzilingizdan foydalaniladi.
    • Office plaginlari (Word, Excel, PowerPoint). O‘girish va imlo tekshiruvi kompyuteringizda lokal bajariladi; hujjat matni bizga hech qachon yuborilmaydi.

    Elektron xatlar

    Xatlar MIMAX SOFTWARE GROUPning o‘z pochta serveridan yuboriladi. Reklama xatlarini yubormaymiz. Plaginning yangi versiyalari haqidagi xabarnomalarni olishni istamasangiz, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing — ularni to‘xtatamiz. Akkaunt xavfsizligi uchun zarur xatlarni (tasdiqlash, parolni tiklash, pochta manzilini o‘zgartirish) o‘chirib bo‘lmaydi.

    Cookie-fayllar

    Biz faqat sayt ishlashi uchun zarur bo‘lgan cookie-fayllardan va o‘z analitikamiz uchun bitta cookie-fayldan foydalanamiz. Reklama cookie-fayllari ishlatilmaydi.

    NomiVazifasiAmal qilish muddati
    .AspNetCore.Identity.ApplicationTizimdagi seansingiz. HttpOnly — sahifa skriptlari uni o‘qiy olmaydi24 soat, faol bo‘lsangiz uzayib boradi; “Meni tizimda eslab qol” belgilansa yoki Google yoki Telegram orqali kirilsa — doimiy
    .AspNetCore.CultureInterfeys tili1 yil
    Soxta so‘rovlardan himoya fayli (.AspNetCore.Antiforgery.*)Shakllarni saytlararo soxta so‘rovlardan himoya qiladiBrauzer yopilgunga qadar
    Tashqi kirish va moslashtirish fayllariFaqat Google yoki Telegram orqali kirish jarayonida ishlatiladiBir necha daqiqa
    _uzvAnalitika uchun anonim tashrif buyuruvchi identifikatori (nusxasi localStorageda ham saqlanadi)400 kun

    Hozircha saytda cookie haqida ogohlantiruvchi banner ko‘rsatilmaydi. Cookie-fayllar va localStorageni brauzer sozlamalarida (odatda “Maxfiylik” yoki “Sayt ma’lumotlari” bo‘limida) bloklashingiz yoki o‘chirishingiz mumkin. Ammo zarur fayllarsiz — seans, til va himoya fayllarisiz — tizimga kira olmaysiz va shakllarni yubora olmaysiz. _uzvni bloklash xizmat ishiga ta’sir qilmaydi.

    Sayt analitikasi

    Biz o‘z serverlarimizda ishlaydigan o‘z analitika tizimimizdan foydalanamiz. Google Analytics, Meta Pixel, Yandex Metrica yoki boshqa uchinchi tomon analitikasidan foydalanmaymiz.

    Nimalar qayd etiladi:

    • tasodifiy tashrif buyuruvchi identifikatori _uzv (cookie va localStorage, 400 kun);
    • ochilgan sahifalar, qaysi saytdan kelganingiz, UTM kampaniya belgilari;
    • ekran o‘lchami, brauzer tili, qurilma turi, brauzer va operatsion tizim;
    • sahifada faol o‘tkazilgan vaqt va mavjud bo‘lmagan sahifalarga (404) murojaatlar;
    • server tomonida: IP-manzil va, agar tizimga kirgan bo‘lsangiz, foydalanuvchi identifikatoringiz.

    Mamlakat, viloyat va shahar IP-manzil asosida serverimizning o‘zida DB-IP “IP to City Lite” bazasi yordamida aniqlanadi. IP-manzil hech qanday uchinchi tomonga yuborilmaydi. Botlar trafigi hisobga olinmaydi.

    Sahifa ko‘rishlari haqidagi xom yozuvlar 120 kun, seanslar haqidagi xom yozuvlar (IP-manzil bilan birga) 400 kun saqlanadi. Shundan so‘ng faqat shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydigan kunlik umumlashgan statistika qoladi.

    Office plaginlari (Word, Excel, PowerPoint)

    Microsoft Word, Excel va PowerPoint uchun O‘zOffice plaginlari bitta o‘rnatuvchi bilan o‘rnatiladi va bitta litsenziyadan foydalanadi. Uchalasi ham ma’lumotlarga bir xil ishlov beradi: serverimizga faqat litsenziyani faollashtirish va tekshirish, yangilanishlarni tekshirish hamda lug‘at yangilanishlarini yuklab olish uchun murojaat qiladi.

    Buning uchun litsenziya kaliti, qurilmaning anonim identifikatori (u sizning kimligingizni ham, kompyuteringizdagi fayllarni ham oshkor qilmaydi) va litsenziya hamda yangilanishlar uchun zarur bo‘lgan minimal texnik ma’lumotlar yuboriladi. Qurilmalar limiti ishlashi va siz o‘z qurilmalaringizni ko‘ra olishingiz uchun server qurilma qachon faollashtirilgani va oxirgi marta qachon ishlatilganini qayd etadi.

    Matningiz kompyuteringizda qoladi

    Plaginlar hujjat, jadval va taqdimot matnini hech qachon yubormaydi. Yozuvlar orasida o‘girish va imlo tekshiruvi lokal bajariladi.

    Kalitlaringiz va ularga bog‘langan qurilmalarni /api-keys sahifasida ko‘rishingiz va boshqarishingiz mumkin.

    Ma’lumotlar qayerda saqlanadi va qanday himoyalanadi

    Serverlarimiz va foydalanuvchilarning barcha shaxsga doir ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan. Bu O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlarini respublika hududida saqlash talabiga (“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 271-moddasi) muvofiqdir. Shaxsga doir ma’lumotlarni chet elga uzatmaymiz; bundan faqat Google yoki Telegram orqali kirishni tanlaganingizda ularga o‘zingiz yuboradigan ma’lumotlar mustasno.

    Qo‘llanadigan xavfsizlik choralari:

    • barcha sahifalarda HTTPS, HSTS yoqilgan;
    • parollar faqat “tuzlangan” xesh ko‘rinishida saqlanadi;
    • bir necha marta noto‘g‘ri kirishga urinilgach, kirish vaqtincha bloklanadi;
    • so‘rovlar soniga cheklovlar;
    • hujjat yoki jadvalga har bir murojaatda kirish huquqi tekshiriladi;
    • brauzer uchun zamonaviy xavfsizlik sarlavhalari.

    Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas. Kuchli va takrorlanmas paroldan foydalaning va uni hech kimga bermang. /Profile/Logs sahifasida shubhali faollikni ko‘rsangiz, parolni o‘zgartiring va qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

    Ma’lumotlarni kimga beramiz

    Shaxsga doir ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama beruvchilarga bermaymiz. Ma’lumotlarni faqat quyidagilar oladi:

    • Payme va Click — obuna uchun to‘laganingizda to‘lov summasi va tranzaksiya ma’lumotlari. Karta ma’lumotlari bevosita ularning sahifasida kiritiladi.
    • Google va Telegram — faqat ular orqali kirishni tanlasangiz. Ular ma’lumotlaringizga o‘z maxfiylik siyosatlariga muvofiq ishlov beradi.
    • Boshqa foydalanuvchilar — faqat siz ularga ulashishni tanlagan fayllar, siz belgilagan ruxsat darajasi bilan.
    • Davlat organlari — faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida talab qilingan hollarda.

    Xodimlarning fayllaringizga kirishi

    Operatorning vakolatli administratorlari foydalanuvchi hujjatlarini faqat o‘qish rejimida ocha oladi. Ular buni faqat quyidagi hollarda qiladi:

    • sizning so‘rovingizga ko‘ra texnik yordam ko‘rsatish uchun;
    • xavfsizlik hodisasini tekshirish uchun;
    • qonun talab qilganda.

    Administratorlar fayllaringizni o‘zgartirmaydi va ularni boshqa maqsadda ko‘rmaydi.

    Ma’lumotlarni qancha saqlaymiz

    Ma’lumotSaqlash muddati
    Akkaunt, profil, fayllar, ulashishlar, lug‘at so‘zlariAkkaunt o‘chirilgunga qadar (yoki ularni o‘zingiz o‘chirguningizcha)
    Savatdagi fayllarUlarni tiklaguningizcha, butunlay o‘chirguningizcha yoki savatni bo‘shatguningizcha — avtomatik tozalanmaydi
    Faoliyat jurnali180 kun
    Analitika: sahifa ko‘rishlari120 kun
    Analitika: seanslar (IP-manzil bilan)400 kun
    Analitika: shaxsga doir ma’lumotsiz kunlik umumlashgan statistikaUzoqroq muddat, statistika sifatida
    Plagin litsenziyasidan foydalanish statistikasiCheklangan muddat, so‘ng o‘chiriladi
    To‘lov yozuvlariBuxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talab qiladigan muddat davomida
    Bepul konvertordagi matn, imlo tekshiruvi uchun yuborilgan so‘zlarSaqlanmaydi

    Akkauntni o‘chirganingizda

    Hozircha akkaunt qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov yuborish orqali o‘chiriladi. Akkaunt o‘chirilganda hujjatlaringiz, jadvallaringiz, ulashishlar, API kalitlar va qurilmalar, obunalar, faoliyat jurnali va lug‘at so‘zlari o‘chiriladi. To‘lov yozuvlari buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talabiga ko‘ra saqlab qolinadi. Analitika seanslari o‘zining 400 kunlik muddati ichida o‘chib ketadi.

    Huquqlaringiz

    “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

    • bilish va tanishish — qanday ma’lumotlaringizga ishlov berilayotgani haqida axborot olish va akkaunt ma’lumotlaringiz nusxasini olish;
    • tuzatish — profilda ism va telefon raqamini yangilash yoki elektron pochtani o‘zgartirish (yangi manzilga tasdiqlash xati, eski manzilga xabarnoma yuboriladi);
    • o‘chirish — akkauntingiz va ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash;
    • rozilikni qaytarib olish — bu akkauntni o‘chirishni anglatadi, chunki xizmat asosiy ma’lumotlarsiz ishlay olmaydi;
    • shikoyat qilish — huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki sudga.

    Fayllaringizni istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin: hujjatlarni DOCX, RTF, TXT yoki HTML formatida, jadvallarni XLSX formatida. So‘rovingizga ko‘ra akkaunt ma’lumotlaringiz nusxasini taqdim etamiz.

    Huquqlaringizdan foydalanish uchun akkauntingizga bog‘langan elektron pochtadan info@uzoffice.uz manziliga yozing yoki Kontaktlar sahifasidagi boshqa aloqa usullaridan foydalaning. Akkaunt sizga tegishli ekanini tasdiqlashingizni so‘rashimiz mumkin.

    Bolalar

    Xizmat 16 yosh va undan katta shaxslar uchun mo‘ljallangan. 16 yoshga to‘lmagan shaxslar undan faqat ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan foydalanishi mumkin. Agar 16 yoshga to‘lmagan bola bunday roziliksiz ro‘yxatdan o‘tganini bilsangiz, biz bilan bog‘laning — akkauntni o‘chiramiz.

    Siyosatga kiritiladigan o‘zgarishlar

    Xizmat yoki qonunchilik o‘zgarganda ushbu siyosatni yangilashimiz mumkin. Muhim o‘zgarishlar haqida imkon qadar oldindan elektron pochta va/yoki sayt orqali xabar beramiz. Oxirgi yangilanish sanasi ushbu sahifaning yuqori qismida ko‘rsatiladi.

    Aloqa

    Operator
    MIMAX SOFTWARE GROUP, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
    Qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha so‘rovlar
    info@uzoffice.uz
    Telegram kanal
    @UzOfficeOfficial
    Telegram
    @uzoffice_supportbot

    Barcha aloqa usullari Kontaktlar sahifasida ham keltirilgan.

    Hujjat bo‘yicha savollaringiz bormi?

    Bizga yozing — istalgan bandni tushuntirib beramiz va shaxsga doir ma’lumotlaringiz bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqamiz.

    E-mailinfo@uzoffice.uz Telegram@uzoffice_supportbot Telegram kanal@UzOfficeOfficial
    O‘zOffice

    O‘zbek tilidagi hujjat va jadval muharriri.

    O‘zOffice jamoasi loyihasi.
    Ishlab chiquvchi: MIMAX SOFTWARE GROUP

    Mahsulot

    Matn muharriri Jadval muharriri Lotin–kirill o‘giruvchi Hujjat namunalari Barcha imkoniyatlar Narxlar

    Office plaginlari

    Word plagini Excel plagini PowerPoint plagini Barcha Office plaginlari Yuklab olish

    Resurslar

    Yordam markazi Integratsiyalar Qo‘llab-quvvatlash Loyiha haqida

    Hisob

    Tizimga kirish Ro‘yxatdan o‘tish Maxfiylik siyosati Xizmat ko‘rsatish shartlari
    © 2026 O‘zOffice — MIMAX SOFTWARE GROUP. Barcha huquqlar himoyalangan.