O‘zbek tili uchun yaratilgan onlayn ofis

Hujjat yozing va jadval tuzing — to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda. Matnni bir bosishda lotindan kirillga va aksincha o‘giring, yozayotganda o‘zbekcha imloni tekshiring. Microsoft Office’da ishlaysizmi? Xuddi shu vositalar Word, Excel va PowerPoint uchun plaginlar ko‘rinishida ham bor.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun bank kartasi talab qilinmaydi
O‘zbek tili uchun yaratilgan onlayn ofis
Asosiy farqimiz

Kirill↔Lotin va o‘zbekcha imlo — bitta muharrirda

Boshqa ofis dasturlari bermaydigan imkoniyat: matnni bir tugma bilan yozuvdan yozuvga o‘giring va o‘zbek tili qoidalari asosidagi imlo xatolarini darhol toping.

  • Lotin → Kirill va Kirill → Lotin bir tugmada
  • “o‘”, “g‘” apostroflari avtomatik to‘g‘rilanadi
  • O‘zbek imlo lug‘ati asosida xato so‘zlarni topadi
  • Butun hujjat yoki faqat tanlangan matn uchun
1 ta imlo xatosi

O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shaxri shahri.

Ўзбекистон Республикаси пойтахти — Тошкент шаҳри.

Avtomatik o‘girildi

Ўзбекистон Республикаси пойтахти — Тошкент шаҳри.

O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri.

PowerPoint’da slayd: xato so‘zlar belgilangan, pastda nechta xato topilgani haqida xabar
Excel’da xodimlar jadvali: xato so‘zlar rangli belgilangan, lentada “Matn tahriri” yorlig‘i
Microsoft Office uchun plaginlar

Word, Excel va PowerPoint’dan chiqmasdan ishlang

Doim Microsoft Office’da ishlaysizmi? Plaginlar Word, Excel va PowerPoint lentasiga o‘zbekcha matn tahriri vositalarini qo‘shadi.

  • O‘zbekcha imlo va kontekst tekshiruvi
  • Apostroflarni to‘g‘rilash
  • Lotin ↔ kirill o‘girish
  • Yangi lotin alifbosi (Ö, Ğ, Ş, Ç)
  • Bitta kalit — uchala dasturda faol
  • Windows 10 / 11
  • Office 2016 va undan yangi
Imkoniyatlar

Kundalik ish uchun qulayliklar

Tanish formatlar, hamkasblar bilan ulashish va o‘chirilgan fayllar uchun savat.

Tanish fayl formatlari

Hujjatlar DOCX, jadvallar XLSX formatida saqlanadi — keyin Word yoki Excel’da ochish mumkin. Hujjatlarni RTF, TXT va HTML’dan ochish va shu formatlarda saqlash mumkin, ikkala muharrir esa PDF’ga eksport qiladi.

Savat va tiklash

O‘chirilgan hujjatlar avval savatga tushadi — bir bosishda tiklang yoki butunlay o‘chiring.

Baham ko‘rish & Ruxsatlar

Hujjatni hamkasbingizga e-pochta yoki telefon raqami orqali ulashing, ko‘rish yoki tahrirlash huquqini tanlang va uni istalgan vaqtda o‘zgartiring yoki bekor qiling.

Hujjatlaringiz istalgan kompyuterda
Hech narsa o‘rnatish shart emas

Hujjatlaringiz istalgan kompyuterda

Fayllar O‘zOffice hisobingizda saqlanadi — ularni zamonaviy brauzeri bor istalgan kompyuterdan ochasiz. Interfeys o‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. E-pochta, Google yoki Telegram orqali kiring.

Obuna tariflari

Sizga mos tarifni tanlang

Oylik Yillik 33% Chegirma
  • Har bir tarifda:
  • Lotin ↔ kirill ↔ 2026 alifbosi o‘girish
  • O‘zbekcha imlo tekshiruvi
  • Avtosaqlash

Bepul

7 kunlik sinov

0 UZS 0 UZS
Tanlash
  • 100 MB saqlash joyi
  • 5 tagacha hujjat
  • 5 tagacha jadval
  • Word, Excel va PowerPoint plaginlari: 1 ta kalit, har biriga 1 ta qurilma

Premium

49 999 UZS / oyiga 599 988 UZS399 990 UZS / yiliga
−33% Tanlash
  • 1 GB saqlash joyi
  • 1000 tagacha hujjat
  • 1000 tagacha jadval
  • Word, Excel va PowerPoint plaginlari: 1 ta kalit, har biriga 3 ta qurilma
  • PDF’ga eksport
  • DOCX, RTF, TXT, HTML fayllarni ochish
  • 3 kishigacha ulashish
  • Ustuvor texnik yordam

Korporativ

99 999 UZS / oyiga 1 199 988 UZS799 990 UZS / yiliga
−33% Tanlash
  • 48.9 GB saqlash joyi
  • 10000 tagacha hujjat
  • 10000 tagacha jadval
  • Word, Excel va PowerPoint plaginlari: 1 ta kalit, har biriga 10 ta qurilma
  • PDF’ga eksport
  • DOCX, RTF, TXT, HTML fayllarni ochish
  • 10 kishigacha ulashish
  • Ustuvor texnik yordam
Savollar

O‘zOffice haqida qisqacha

O‘zOffice nima?

O‘zOffice — o‘zbek tili uchun onlayn ofis platformasi. Unda brauzerda ishlaydigan matn muharriri va elektron jadval muharriri, lotin↔kirill o‘giruvchi (yangi 2026-yilgi lotin alifbosi bilan), ikkala yozuv uchun o‘zbekcha imlo tekshiruvi, hujjatlarni ulashish hamda Microsoft Word, Excel va PowerPoint uchun plaginlar bor.

O‘zOffice faqat Office plaginimi?

Yo‘q. O‘zOffice’ning asosi — veb-platforma: hujjat va jadvallar hech narsa o‘rnatmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoffice.uz saytida yaratiladi. Word, Excel va PowerPoint plaginlari esa Windows’da Microsoft Office bilan ishlashni afzal ko‘radiganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat; ular o‘sha hisob va o‘sha o‘zbek tili mexanizmidan foydalanadi.

O‘zbekcha matnni kirilldan lotinga qanday o‘giraman?

Matnni uzoffice.uz/solutions/transliteration manzilidagi bepul o‘giruvchiga qo‘ying — yozuv avtomatik aniqlanadi, natija yozish bilan chiqadi (10 000 belgigacha, ro‘yxatdan o‘tmasdan, matn saqlanmaydi). Butun hujjat, jadval yoki taqdimotni formatlashi bilan o‘girish uchun O‘zOffice matn muharriri yoki Word, Excel va PowerPoint plaginlaridagi lotin/kirill tugmalaridan foydalaning.

Yangi 2026-yilgi o‘zbek lotin alifbosi qo‘llab-quvvatlanadimi?

Ha. Matnni Ö, Ğ, Ş va Ç harflari bilan yangi lotin alifbosiga o‘girish mumkin — bepul onlayn o‘giruvchida, matn muharririda hamda Word, Excel va PowerPoint plaginlarida. Imlo tekshiruvi amaldagi lotin alifbosi, yangisi yoki ikkalasi bo‘yicha ishlaydi.

O‘zOffice qaysi fayl formatlari bilan ishlaydi?

Matn muharriri DOCX, RTF, TXT va HTML fayllarni ochadi va hujjatlarni shu formatlarda yoki PDF ko‘rinishida yuklab beradi; hujjatlar DOCX’da saqlanadi. Jadval muharriri XLSX bilan ishlaydi va PDF’ga ham eksport qiladi. Ikkala muharrir o‘zgarishlarni avtomatik saqlaydi va chop eta oladi. PDF eksport va avtosaqlash tarifingizga bog‘liq.

O‘zOffice bepulmi?

Onlayn lotin↔kirill o‘giruvchi butunlay bepul. Ro‘yxatdan o‘tgach platformadan, jumladan Office plaginlaridan 7 kun bepul foydalanasiz; bank kartasi talab qilinmaydi. So‘ng so‘mdagi pullik tariflardan birini tanlab, Payme yoki Click orqali to‘lash mumkin.

O‘zOffice’ni kim ishlab chiqqan?

O‘zOffice — O‘zOffice jamoasining loyihasi. Platformani O‘zbekistondagi MIMAX SOFTWARE GROUP dasturiy ta’minot kompaniyasi ishlab chiqqan va qo‘llab-quvvatlaydi (mimaxgroup.com). Onlayn matn va jadval muharrirlari, lotin↔kirill o‘giruvchi, o‘zbekcha imlo tekshiruvi hamda Word, Excel va PowerPoint plaginlari — hammasi shu jamoa mahsuloti. Aloqa: info@uzoffice.uz.

Bugunoq boshlang

Ro‘yxatdan o‘ting va birinchi hujjatingizni bir necha soniyada yarating.

Bepul ro‘yxatdan o‘tish