Microsoft Word uchun plagin

Word uchun o‘zbekcha plagin: lotin↔kirill va imlo tekshiruvi

Word lentasidagi “Matn tahriri” yorlig‘i hujjatni bir bosishda o‘giradi, apostroflarni to‘g‘rilaydi va o‘zbekcha imloni tekshiradi. Formatlash, jadval va shriftlar joyida qoladi.

  • Lotin ↔ kirill o‘girish
  • O‘zbekcha imlo tekshiruvi
  • Apostroflarni to‘g‘rilash
  • Windows 10 / 11
  • Word 2016 va undan yangi
  • Versiya 2.3.0.0

Shu o‘rnatuvchi Excel va PowerPoint plaginlarini ham o‘rnatadi — litsenziya umumiy.

Word’da lotin↔kirill o‘girish: “Matn tahriri” yorlig‘i va o‘girilgan hujjat
Telefondan kirdingizmi?

Plaginlar Windows kompyuteri uchun. Havolani o‘zingizga yuboring — kompyuterda ikki daqiqada o‘rnatasiz.

Imkoniyatlar

Word lentasida nimalar paydo bo‘ladi

Lotin ↔ kirill o‘girish

Lotin ↔ kirill o‘girish

Butun hujjat yoki faqat belgilangan qism. Sarlavha, jadval, ro‘yxat, shrift va formatlash o‘z holicha qoladi.

O‘zbekcha imlo tekshiruvi

O‘zbekcha imlo tekshiruvi

Word bilmaydigan o‘zbekcha so‘zlar tagiga chizadi va to‘g‘ri variantni taklif qiladi. Hujjat ochilganda avtomatik tekshirishni yoqib qo‘yish mumkin.

Apostroflarni to‘g‘rilash

Apostroflarni to‘g‘rilash

o‘ va g‘ harflaridagi belgi bilan tutuq belgisi aralashib ketgan bo‘lsa, butun hujjat bo‘ylab bir bosishda tartibga soladi.

Litsenziya va yangilanish

Litsenziya va yangilanish

Kalitni bir marta kiritasiz — Excel va PowerPoint plaginlari ham faollashadi. Yangi versiya chiqqanda plagin o‘zi xabar beradi.

Tafsilotlar

Word’da qanday ishlaydi

Katta hisobotlar, xatlar va rasmiy hujjatlar uchun: bir bosishda o‘giring, keyin imloni tekshirib chiqing.

Word bo‘yicha qo‘llanma
  • Asosiy matn, sarlavhalar, jadvallar va izohlar birga o‘giriladi; shrift, qalinlik va tekislash saqlanadi.
  • Lentadagi tugma butun hujjatni o‘giradi; bitta xat boshi, jumla yoki so‘z uchun — o‘ng tugma menyusi.
  • Natija yoqmasa — bitta Ctrl+Z butun o‘girishni qaytaradi.
  • Kirill→lotinda o‘, g‘ va tutuq belgisi imlo lug‘ati kutgan belgilar bilan yoziladi, qo‘shtirnoqlar ham to‘g‘rilanadi.
  • Imlo belgilari faqat ekranda: faylga saqlanmaydi, chop etishda va PDF’da chiqmaydi.
  • Lug‘atga qo‘shilgan so‘zlar Excel va PowerPoint plaginlari bilan umumiy.

Bitta litsenziya — uchala dastur

O‘rnatuvchi Word, Excel va PowerPoint plaginlarini birga o‘rnatadi. Kalitni birida faollashtirsangiz, qolganlarida ham ishlaydi.

Barcha Office plaginlari
O‘rnatish

Uch qadamda ishga tushadi

Bitta o‘rnatuvchi Word, Excel va PowerPoint’ga birdaniga o‘rnatadi.

  1. 1

    Faylni yuklab oling

    Word, Excel va PowerPoint yopiq holda o‘rnatuvchini ishga tushiring — uchala plagin birga o‘rnatiladi.

    O‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma
  2. 2

    Office dasturini oching

    Word, Excel yoki PowerPoint lentasida “Matn tahriri” yorlig‘i paydo bo‘ladi.

  3. 3

    Kalitni kiriting

    “Litsenziya” tugmasini bosing va hisobingizdagi API kalitini qo‘ying — bitta dasturda faollashtirish kifoya.

    7 kun bepul sinash Kalitni qayerdan olaman?

Tizim talablari

  • Windows 10 / 11
  • Office 2016, 2019, 2021 yoki Microsoft 365 (kompyuter versiyasi)
  • .NET Framework 4.8 va VSTO Runtime — o‘rnatuvchi o‘zi qo‘yadi
  • O‘zOffice hisobi va API kaliti

Mac, telefon, planshet va brauzerdagi Office Online’da ishlamaydi.

Tariflar

Plaginlar qaysi tariflarda bor

Yuklab olish va o‘rnatish bepul. Office’da ishlatish uchun faol obuna kerak — API kaliti shu obunadan olinadi va uchala plaginga yetadi.

Bepul

7 kunlik sinov

0 UZS
Tanlash
  • Word, Excel va PowerPoint
  • 1 ta kompyuter
  • 1 ta API kalit
  • Lotin ↔ kirill o‘girish
  • O‘zbekcha imlo tekshiruvi
  • 100 MB disk xotira

Premium

49 999 UZS / oyiga
Tanlash
  • Word, Excel va PowerPoint
  • 3 ta kompyuter
  • 1 ta API kalit
  • Lotin ↔ kirill o‘girish
  • O‘zbekcha imlo tekshiruvi
  • 1 GB disk xotira

Korporativ

99 999 UZS / oyiga
Tanlash
  • Word, Excel va PowerPoint
  • 10 ta kompyuter
  • 1 ta API kalit
  • Lotin ↔ kirill o‘girish
  • O‘zbekcha imlo tekshiruvi
  • 48.9 GB disk xotira
Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Word’ning qaysi versiyalarida ishlaydi?

Windows 10 va 11 dagi Word 2016, 2019, 2021 va Microsoft 365 — kompyuterga o‘rnatiladigan versiya, 32 va 64 bitli.

Hujjatimning ko‘rinishi buzilmaydimi?

Yo‘q. O‘girish matnni harf-harf almashtiradi: shrift, jadval, sarlavha, ro‘yxat va boshqa formatlash o‘z joyida qoladi.

Faqat bir qismini o‘girsa bo‘ladimi?

Ha. Matnni belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyu tepasidagi “Matn tahriri” bandidan yo‘nalishni tanlang. Lentadagi tugmalar esa butun hujjatni o‘giradi.

Qizil chiziqlar faylda qolib ketmaydimi?

Yo‘q. Belgilar faqat ekranda chiziladi: hujjat matni o‘zgarmaydi, ular faylga saqlanmaydi, chop etishda va PDF’da chiqmaydi, Ctrl+Z’ga ham ta’sir qilmaydi.

Har bir dastur uchun alohida litsenziya kerakmi?

Yo‘q. Bitta kalit uchala plaginga yetadi: litsenziyani Word, Excel yoki PowerPoint’dan birida faollashtirsangiz, qolgan ikkitasida ham faol bo‘ladi. Bitta kompyuterdagi uchala dastur bitta qurilma hisoblanadi.

Telefon yoki Mac’da ishlaydimi?

Yo‘q, plaginlar faqat Windows’dagi Office uchun: Mac, telefon, planshet va brauzerdagi Office Online’da ishlamaydi. U yerda O‘zOffice’ning veb-versiyasidan foydalaning — u brauzerda ochiladi va o‘sha o‘girish hamda imlo imkoniyatlarini beradi.

Plaginlar bepulmi?

Yuklab olish va o‘rnatish bepul. Office ichida ishlatish uchun O‘zOffice hisobi va faol obuna kerak — API kaliti shu obuna doirasida beriladi. Ro‘yxatdan o‘tganda 7 kunlik sinov muddati beriladi.

Word’da o‘zbekcha ishlang

O‘rnatuvchi bepul va uchala plaginni birga o‘rnatadi. Ro‘yxatdan o‘tganda 7 kunlik sinov beriladi.