1. Bosh sahifa
  2. Yordam markazi
  3. Word plagini
  4. O‘rnatish
Word plagini

O‘zOffice Word plaginini o‘rnatish

O‘rnatuvchini yuklab oling, plaginni administrator huquqisiz o‘rnating, Word’ni birinchi marta oching, plaginni yangilab turing va kerak bo‘lsa o‘chiring.

Yangilangan:

Boshlashdan oldin

Kompyuter
Windows 10 (1809 versiyasidan boshlab) yoki Windows 11
Word
Word 2016, 2019, 2021 yoki Microsoft 365, kompyuterga o‘rnatilgan versiya
Administrator huquqi
Odatda shart emas — plagin faqat sizning Windows foydalanuvchingiz uchun o‘rnatiladi
Fayl
UzOfficeWordAddInSetup.exe. U kerakli Microsoft komponentlarini ham o‘z ichiga olgani uchun hajmi kattaroq (100 MB dan ortiq)

Plaginni o‘rnatish bepul. Lekin undagi tugmalar faollashtirilgan litsenziya bilan ishlaydi — buning uchun O‘zOffice hisobi va faol obuna kerak. Kalitni oldindan tayyorlab qo‘yishingiz mumkin: API kaliti yaratish.

Yuklab olish

  1. Yuklab olish sahifasini oching

    uzoffice.uz/solutions/office-add-ins/download sahifasiga o‘ting. Plagin haqida umumiy ma’lumot Word plagini sahifasida.

  2. Faylni yuklab oling

    Windows tugmasini bosing. Sahifada joriy versiya va fayl hajmi ham ko‘rsatiladi. Fayl brauzeringizning «Yuklanmalar» papkasiga tushadi.

Sahifani telefonda ochgan bo‘lsangiz, havolani nusxalab, kompyuterga yuboring — plagin faqat Windows kompyuterga o‘rnatiladi.

O‘rnatish

  1. Word’ni yoping

    Barcha Word oynalarini saqlab, yoping. Word ochiq qolsa, o‘rnatuvchi Microsoft Word ochiq deb ogohlantiradi va uchta tugma taklif qiladi: Yes (Да) — Word’ni o‘zingiz yopdingiz, davom etish; No (Нет) — Word’ni majburan yopish (saqlanmagan hujjatlar yo‘qoladi!); Cancel (Отмена) — o‘rnatishni to‘xtatish. Eng xavfsizi — Word’ni o‘zingiz yopib, Yes ni bosish.

  2. O‘rnatuvchini ishga tushiring

    Yuklab olingan UzOfficeWordAddInSetup.exe faylini ikki marta bosing. Windows «Bu ilova qurilmangizga o‘zgartirish kiritishiga ruxsat berasizmi?» yoki SmartScreen oynasini ko‘rsatsa, faylni rasmiy saytdan olganingizga ishonch hosil qilib, davom eting.

  3. Ko‘rsatmalarga amal qiling

    O‘rnatuvchi oynasida Next va Install tugmalarini bosing. O‘rnatish papkasini o‘zgartirmang. Har kirishda plagin holatini avtomatik tiklash belgisini odatda qo‘yish shart emas — u faqat qat’iy korporativ sozlamali kompyuterlar uchun.

  4. Kerak bo‘lsa, komponentlar o‘rnatilishini kuting

    Kompyuterda .NET Framework 4.8 yoki VSTO Runtime bo‘lmasa, o‘rnatuvchi ularni o‘zi o‘rnatadi — bu bir necha daqiqa olishi mumkin. VSTO Runtime butun kompyuter uchun o‘rnatiladi, shuning uchun Windows administrator ruxsatini so‘rashi mumkin: Yes (Да) ni bosing.

  5. O‘rnatishni yakunlang

    Finish ni bosing. Endi Word’ni ochishingiz mumkin.

O'rnatish tugadi, lekin plagin ISHLAMAYDI xabari chiqdimi?

Demak, VSTO Runtime o‘rnatilmadi — odatda administrator huquqi bo‘lmagani yoki ruxsat so‘ralganda rad javobi berilgani uchun. Xabardagi ko‘rsatmaga amal qiling: %LOCALAPPDATA%\Programs\UzOfficeWordAddIn\prereq\vstor_redist.exe faylini administrator nomidan ishga tushiring (yoki tizim administratoriga murojaat qiling), so‘ng kompyuterni qayta ishga tushiring.

Kompyuterga nima o‘rnatiladi

NimaQayerga
Plagin fayllari (imlo lug‘ati ham shu yerda, shifrlangan holda)%LOCALAPPDATA%\Programs\UzOfficeWordAddIn
Word’da ro‘yxatdan o‘tish — Word plaginni har ochilganda yuklaydiJoriy Windows foydalanuvchisi sozlamalari
O‘zOffice raqamli imzo sertifikatlari — Word plaginni ishonchli deb bilishi uchunJoriy foydalanuvchining sertifikatlar ombori
.NET Framework 4.8 va VSTO Runtime — faqat yetishmasaButun kompyuter uchun
Start menyusidagi yorliqlar: UzOffice — plaginni tiklash va UzOffice Word Add-In — o'chirishStart menyusi → UzOffice Word Add-In

Plagin faqat uni o‘rnatgan Windows foydalanuvchisi uchun ishlaydi. Kompyuterdan boshqa foydalanuvchi ham foydalansa, u o‘z hisobida plaginni alohida o‘rnatishi kerak.

Birinchi ishga tushirish

  1. Word’ni oching

    Lentada yangi Matn tahriri yorlig‘i paydo bo‘ladi.

  2. Litsenziyani faollashtiring

    Faollashtirishdan oldin yorliqda faqat Yordam va Litsenziya guruhlari ko‘rinadi — bu normal holat. Litsenziya tugmasini bosing va kalitni kiriting. Batafsil: Litsenziyani faollashtirish.

  3. Word’ni qayta oching

    Faollashtirilgach, Word’ni yopib, qayta oching — barcha guruhlar paydo bo‘ladi.

    Faollashtirilgandan keyingi to‘liq «Matn tahriri» yorlig‘i
    Faollashtirilgandan keyin Matn tahriri yorlig‘i to‘liq ko‘rinadi.

Matn tahriri yorlig‘i umuman chiqmadimi? Muammolarni hal qilish bo‘limiga qarang.

Plaginni yangilash

Plagin yangi versiya chiqqanini o‘zi tekshiradi: Word ochilgandan taxminan 2,5 daqiqa o‘tib, kuniga ko‘pi bilan bir marta. Yangi versiya topilsa, Word’ning pastki holat satrida xabar chiqadi va Yordam guruhidagi tugma Yangilash 2.2.0 kabi ko‘rinishga o‘tadi. Istalgan vaqtda Yangilanishni tekshirish tugmasi bilan qo‘lda ham tekshirishingiz mumkin.

  1. Tugmani bosing

    Yangilash … tugmasini bosing. UzOffice — versiya va yangilanish oynasida yangi versiyadagi o‘zgarishlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

    Yangilanish oynasi: ① Yuklab olish tugmasi o‘rnatuvchi faylni brauzerda ochadi.
  2. Yangi o‘rnatuvchini yuklab oling

    Yuklab olish ni bosing — havola brauzerda ochiladi. Plagin faylni o‘zi yuklamaydi va o‘zi ishga tushirmaydi. Keyinroq tugmasi oynani yopadi.

  3. Eski versiya ustidan o‘rnating

    Word’ni yoping va yangi faylni ishga tushiring. Eski versiyani oldin o‘chirish shart emas. Litsenziya, sozlamalar va shaxsiy lug‘atingiz saqlanib qoladi.

Imlo lug‘ati alohida yangilanadi: litsenziya faol bo‘lsa, plagin yangi lug‘atni fonda o‘zi yuklab oladi. Buning uchun hech narsa qilish shart emas.

Plaginni o‘chirish

Avval Word’ni yoping. Keyin quyidagi usullardan birini tanlang:

  • Start menyusi orqali: UzOffice Word Add-In papkasidagi UzOffice Word Add-In — o'chirish yorlig‘ini bosing.
  • Windows sozlamalari orqali: Settings → Apps → Installed apps (rus tilidagi Windows’da Параметры → Приложения → Установленные приложения), ro‘yxatdan UzOffice Word Add-In ni toping va Uninstall (Удалить) ni bosing.

O‘chirilganda plagin fayllari va yuklab olingan lug‘at olib tashlanadi. Shaxsiy lug‘atingizga qo‘shgan so‘zlaringiz (%APPDATA%\UzOfficeAddIn\dictionaries) hamda litsenziya ma’lumotlari o‘chirilmaydi — plaginni qayta o‘rnatsangiz, ular yana ishlaydi.

Qurilma kalitda band bo‘lib qoladi

Plaginni o‘chirish kompyuterni API kalitidan uzmaydi: u kalitdagi qurilmalar ro‘yxatida qolaveradi. Shu kompyuterga qayta o‘rnatsangiz, yangi joy talab qilinmaydi. Kalitni boshqa kompyuterga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, qurilmalar bo‘limini o‘qing.

Savolingiz qoldimi?

Yordam xizmati o‘zbek, rus va ingliz tillarida javob beradi — odatda shu ish kuni ichida.