Plaginlar nima?
O‘zOffice plagini — Microsoft Office’ning uchta ilovasi: Word, Excel va PowerPoint uchun qo‘shimcha. U har bir ilova lentasiga bir xil Matn tahriri yorlig‘ini qo‘shadi: u yerda o‘zbekcha matnni tekshirish va tahrir qilish vositalari joylashgan: imlo va kontekst tekshiruvi, to‘g‘ri variant takliflari, apostroflarni to‘g‘rilash, shuningdek matnni lotindan kirillga va aksincha hamda yangi lotin alifbosiga o‘girish. O‘girish qoidalari, imlo lug‘ati va shaxsiy lug‘atingiz uchala ilovada bir xil.
Uchala plagin bitta o‘rnatuvchi bilan o‘rnatiladi va bitta litsenziya bilan ishlaydi: kalitni istalgan ilovada bir marta faollashtirasiz — qolgan ikkitasi ham faol bo‘ladi. Kalitda bu bitta kompyuter sifatida hisoblanadi.
Plaginlar O‘zOffice platformasining ixtiyoriy qismi. Ular veb-versiyadagi hisobingiz va obunangiz bilan ishlaydi: saytda API kaliti yaratasiz, uni plaginga qo‘yasiz — va plagin hisobingizga ulanadi. Alohida ro‘yxatdan o‘tish yoki alohida to‘lov kerak emas.
Office yo‘qmi yoki telefon, planshet yoki Mac’dan ishlayapsizmi? Xuddi shu o‘girish va imlo imkoniyatlari O‘zOffice’ning brauzerdagi muharririda ham bor. Batafsil: Lotin-kirill o‘girish.
Plaginlar nimalar qila oladi
' ` ‘ ’ belgilarini to‘g‘ri o‘zbekcha belgilarga almashtirish.
Word’daYozish paytida imlo tekshiruvi, butun hujjatni tekshirish; hujjatni yoki belgilangan matnni sarlavha, jadval va izohlari bilan o‘girish — formatlash saqlanadi.
Excel’daXatolarni “Keyingi xato” va “Birma-bir tuzatish” bilan ketma-ket tuzatish; kataklar, izohlar va varaq nomlarini o‘girish — formulalar, sonlar va sanalar o‘zgarmaydi.
PowerPoint’daSlaydlar va ma’ruzachi izohlarida imlo tekshiruvi; slaydlar, jadvallar va SmartArt’ni o‘girish — dizayn va havolalar saqlanadi.
Yangi lotin alifbosiMatnni Ö, Ğ, Ş, Ç harfli yangi lotin yozuviga o‘tkazish; imlo tekshiruvi ham yangi alifboga moslashadi.
Tizim talablari
- Operatsion tizim
- Windows 10 (1809 versiyasidan boshlab) yoki Windows 11
- Microsoft Office
- Word, Excel va PowerPoint — Office 2016, 2019, 2021 yoki Microsoft 365, kompyuterga o‘rnatiladigan versiya, 32 va 64 bitli
- Ishlamaydi
- Mac, telefon, planshet va Office’ning brauzerdagi versiyasi (Office Online)
- Qo‘shimcha komponentlar
- .NET Framework 4.8 va Visual Studio Tools for Office (VSTO) Runtime — yetishmasa, o‘rnatuvchi ularni o‘zi o‘rnatadi
- Hisob
- O‘zOffice hisobi va faol obuna (ro‘yxatdan o‘tgandagi 7 kunlik sinov muddati ham yaraydi)
- Internet
- Faollashtirish uchun kerak. Keyin o‘girish va imlo tekshiruvi internetsiz ham ishlaydi
Tez boshlash: 3 qadam
-
Saytda API kaliti yarating
Hisobingizga kiring va API kalitlari sahifasida Kalit yaratish tugmasini bosing. Kalitga nom bering (masalan, “Ish kompyuteri”) va Kalitni nusxalash tugmasi bilan uni nusxalab oling.
-
Plaginni o‘rnating
Yuklab olish sahifasidan
UzOfficeWordAddInSetup.exefaylini oling — u Word, Excel va PowerPoint plaginlarini birga o‘rnatadi. Word, Excel va PowerPoint’ni yoping va faylni ishga tushiring. Batafsil: Plaginlarni o‘rnatish. -
Istalgan ilovada faollashtiring
Word, Excel yoki PowerPoint’ni oching, Matn tahriri yorlig‘idagi
Litsenziya tugmasini bosing, kalitni Litsenziya kaliti maydoniga qo‘ying va Faollashtirish ni bosing — tugmalar darhol paydo bo‘ladi. Qolgan ikki ilova litsenziyani o‘zi oladi. Batafsil: Litsenziyani faollashtirish.
Word, Excel va PowerPoint: farqlari
Asosiy tugmalar uchala ilovada bir xil, lekin har bir ilova o‘z hujjat turiga moslashgan:
| Word | Excel | PowerPoint | |
|---|---|---|---|
| Nimani o‘giradi | Butun hujjat (lentadan) yoki belgilangan matn (o‘ng tugma menyusidan) | Belgilangan kataklar, joriy varaq yoki butun kitob | Belgilangan qism, joriy slayd yoki butun taqdimot |
| Nimalar kiradi | Asosiy matn, sarlavhalar, jadvallar, kolontitullar, izohlar, matn qutilari | Matnli kataklar, izohlar (notes), matnli shakllar, ixtiyoriy — varaq nomlari. Formulalar, sonlar va sanalar o‘zgarmaydi | Sarlavhalar, matn maydonlari, shakllar, jadvallar, SmartArt, ixtiyoriy — ma’ruzachi izohlari |
| Bekor qilish | Ctrl+Z — bitta qadam | Lentadagi Bekor qilish tugmasi (Excel’da Ctrl+Z plagin o‘zgarishini qaytarmaydi) | Ctrl+Z — bitta qadam |
| Imlo belgilari | Uchala ilovada faqat ekranda chiziladi — faylga, chop etishga va PDF’ga tushmaydi | ||
| Batafsil | Word’da foydalanish | Excel’da foydalanish | PowerPoint’da foydalanish |
Word’dagi Matn tahriri yorlig‘i
Word’da plaginning barcha tugmalari lentadagi bitta yorliqda joylashgan. Excel va PowerPoint’dagi yorliq shunga o‘xshash, lekin unda qamrov menyusi va qo‘shimcha imlo tugmalari (Keyingi xato, Birma-bir tuzatish, Belgi rangi) bor — ular Excel va PowerPoint maqolalarida tasvirlangan.
v2.1.0 o‘rnatilgan versiyani bildiradi.| Guruh | Tugma | Nima qiladi |
|---|---|---|
| Yozuvni oʻgirish | Butun hujjatni lotin yozuvidan kirillga o‘giradi. | |
Butun hujjatni amaldagi lotin yozuviga (O‘, G‘, Sh, Ch) o‘giradi. | ||
| Butun hujjatni yangi lotin alifbosiga (Ö, Ğ, Ş, Ç) o‘tkazadi. | ||
| Imlo tekshiruvi | Hujjatni tekshirib, xato so‘zlar ostiga qizil to‘lqinli chiziq chizadi. | |
| Hujjatdagi barcha qizil chiziqlarni olib tashlaydi. Matnga tegmaydi. | ||
| Turli apostroflarni to‘g‘ri o‘zbekcha belgilarga almashtiradi. | ||
| Yozish paytida | Belgilangan bo‘lsa, yozayotganingizda har bir so‘z darhol tekshiriladi. Odatda yoqilgan. | |
| Hujjat ochilganda | Belgilangan bo‘lsa, hujjat ochilishi bilan butun matn tekshiriladi. Odatda o‘chirilgan. | |
| Imlo: lotin alifbosi | Lotin so‘zlari qaysi alifbo bo‘yicha tekshirilishini tanlash: Joriy lotin, Yangi lotin yoki Ikkala alifbo. Tugmadagi yozuv tanlangan rejimni ko‘rsatadi. | |
| Yordam · v2.1.0 | Plagin ichidagi qisqa qo‘llanmani ochadi. | |
| Saytdagi aloqa sahifasini ochadi — xato yoki taklif yuborish uchun. | ||
| Yangi versiya bor-yo‘qligini tekshiradi. Yangi versiya topilsa, tugma Yangilash 2.3.0 kabi ko‘rinishga o‘tadi. | ||
| Litsenziya | Litsenziya holati va muddatini ko‘rsatadi, kalitni faollashtirish oynasini ochadi. |
Faqat ikkita guruh ko‘rinyaptimi?
Litsenziya faollashtirilmagan yoki muddati tugagan bo‘lsa, lentada faqat Yordam va Litsenziya guruhlari qoladi. Kalitni faollashtiring — tugmalar darhol paydo bo‘ladi (qanday qilinadi). Bu Excel va PowerPoint’ga ham tegishli.
Maxfiylik
Hujjatlaringiz kompyuteringizda qoladi
O‘girish va imlo tekshiruvi to‘liq kompyuterning o‘zida bajariladi — hujjat, jadval va taqdimotlaringiz matni hech qayerga yuborilmaydi. Plagin serverga faqat litsenziyani tekshirish va yangilanishlarni so‘rash uchun murojaat qiladi. Bunda faqat litsenziya kaliti hamda litsenziya va yangilanishlar uchun zarur texnik ma’lumotlar yuboriladi.