Excel plagini Word va PowerPoint plaginlari bilan bitta o‘rnatuvchi orqali o‘rnatiladi va bitta litsenziya bilan ishlaydi. Plagin hali o‘rnatilmagan bo‘lsa: Plaginlarni o‘rnatish. Word yoki PowerPoint’da faollashtirgan bo‘lsangiz, Excel’da qayta faollashtirish shart emas.
Plagin Excel’da nima qiladi
Plagin Excel lentasiga Word’dagi bilan bir xil Matn tahriri yorlig‘ini qo‘shadi. U jadvallarni lotindan kirillga va aksincha o‘giradi, yangi lotin alifbosiga o‘tkazadi, o‘zbekcha imloni tekshiradi va apostroflarni to‘g‘rilaydi. O‘girish qoidalari va imlo lug‘ati Word plaginidagi bilan aynan bir xil.
Matn tahriri yorlig‘i Excel’da
Excel’ni oching va lentadagi Matn tahriri yorlig‘ini tanlang. Tugmalar to‘rt guruhga bo‘lingan:
| Guruh | Tugma | Nima qiladi |
|---|---|---|
| Yozuvni oʻgirish | Tanlangan qamrovdagi matnni lotindan kirillga o‘giradi. | |
Amaldagi lotin yozuviga (O‘, G‘, Sh, Ch) o‘giradi. | ||
| Yangi lotin alifbosiga (Ö, Ğ, Ş, Ç) o‘tkazadi. | ||
| Qamrov menyusi (Joriy varaq) | Tugmalar nimaga ta’sir qilishini tanlaydi: Belgilangan kataklar, Joriy varaq yoki Butun kitob. Tugmadagi yozuv hozirgi tanlovni ko‘rsatadi. | |
| Turli apostroflarni to‘g‘ri o‘zbekcha belgilarga almashtiradi. | ||
| Bekor qilish | Oxirgi o‘girish yoki apostrof amalini qaytaradi. Tugmada amal nomi ko‘rinadi: Bekor qilish: … | |
| Imlo tekshiruvi | Kitobdagi xato so‘zlarni ekranda rangli belgilaydi. | |
| Shu kitobdagi barcha belgilarni olib tashlaydi. Matnga tegmaydi. | ||
| Keyingi xato | Faol katakdan keyingi xatoli katakka o‘tadi va varaqda jami nechta xatoli katak borligini aytadi. | |
| Birma-bir tuzatish | Xato so‘zlarni alohida oynada ketma-ket ko‘rib chiqish. | |
| Belgi rangi | Qizil (standart) yoki Sariq. | |
| Yozish paytida | Katakka matn kiritib Enter bosganingizda shu katak darhol tekshiriladi. Odatda yoqilgan. | |
| Hujjat ochilganda | Kitob ochilishi bilan butun kitob tekshiriladi. Odatda o‘chirilgan. | |
| Alifbo menyusi (Joriy lotin) | Lotin so‘zlari qaysi alifbo bo‘yicha tekshirilishini tanlash: Joriy lotin, Yangi lotin yoki Ikkala alifbo. | |
| Yordam · v… | Yangi versiya bor-yo‘qligini tekshiradi. Guruh nomida o‘rnatilgan versiya ko‘rsatiladi. | |
| Excel plagini bo‘yicha ichki qo‘llanmani ochadi. | ||
| Taklif yoki xato haqida yozish uchun. | ||
| Litsenziya | Litsenziya holati va faollashtirish oynasi. Word va PowerPoint bilan umumiy. |
Faqat Yordam va Litsenziya ko‘rinyaptimi?
Demak, litsenziya hali faollashtirilmagan yoki muddati tugagan. Faollashtiring — tugmalar darhol paydo bo‘ladi. Word yoki PowerPoint’da faollashtirgan bo‘lsangiz, Excel’da boshqa kitob yoki katakka o‘tishingiz bilan tugmalar o‘zi chiqadi.
Jadvalni o‘girish
-
Qamrovni tanlang
Yozuvni oʻgirish guruhidagi qamrov menyusini oching va nimani o‘girishni tanlang (batafsil — keyingi bo‘limda). Standart — Joriy varaq. Tanlov eslab qolinadi.

Qamrov menyusi. -
Yo‘nalish tugmasini bosing
Lotin → Kirill,
Kirill → Lotin yoki
Yangi lotin. Lotin → Kirill matn joriy yoki yangi lotinda yozilganini o‘zi aniqlaydi. -
Natijani tekshiring
Excel’ning pastki holat satrida nechta katak va shakl o‘zgargani ko‘rsatiladi. Natija yoqmasa — Bekor qilish tugmasini bosing.


Katta jadvallar ham tez o‘giriladi: o‘n minglab kataklar bir necha soniyada tayyor bo‘ladi. Takrorlanuvchi qiymatlar (masalan, bir xil lavozim yoki tuman nomlari) bir marta o‘giriladi.
Qamrov: nimalar o‘giriladi
| Tanlov | Nima o‘giriladi |
|---|---|
| Belgilangan kataklar | Faqat belgilangan kataklar. Kataklar o‘rniga matnli shakl (masalan, matn maydoni) belgilangan bo‘lsa — o‘sha shakl. |
| Joriy varaq (standart) | Faol varaqdagi barcha matnli kataklar, izohlar (notes) va matnli shakllar. |
| Butun kitob | Kitobdagi barcha varaqlar, jumladan yashirin varaqlar ham. |
Qamrov Apostroflarni toʻgʻrilash tugmasiga ham ta’sir qiladi.
Faqat bitta ustunni o‘girish kerakmi? Ustun sarlavhasini (masalan, B) bosing, so‘ng qamrovni Belgilangan kataklar qiling — yoki ustun sarlavhasi ustida o‘ng tugmani bosib, kontekst menyudan o‘giring.
Nimalar o‘zgarmaydi
| Nima | Nega |
|---|---|
| Formulalar | Formula va uning natijasi o‘girilmaydi — formula ichidagi matnni o‘zgartirish uni buzishi mumkin. |
| Sonlar va sanalar | Faqat matnli kataklar o‘giriladi. 00125 kabi matn ko‘rinishidagi raqamlar matn bo‘lib qoladi. |
| Formatlash | Shrift, rang, chegaralar va katak formati saqlanadi. Katak ichida bitta so‘z qalin yoki boshqa rangda bo‘lsa ham — shundayligicha qoladi. |
| Havolalar | Veb-manzil va e-pochta manzillari o‘girilmaydi. |
| Himoyalangan varaqlar | O‘zgartirilmaydi — bu haqda xabar chiqadi. Avval himoyani olib tashlang. |
| Boshqa obyektlar | Diagrammalar, rasmlar, SmartArt, yig‘ma jadvallar (pivot) va zamonaviy izohlar (threaded comments) o‘zgartirilmaydi. |
Formula natijasidagi matnni o‘girish kerak bo‘lsa, katakni qiymatga aylantiring: nusxa oling va Maxsus qo‘yish → Qiymatlar bilan qo‘ying, so‘ng o‘giring.
Varaq nomlarini o‘girish
Qamrov menyusidagi Varaq nomlarini ham oʻgirish belgilansa, Joriy varaq va Butun kitob qamrovida varaq nomlari ham o‘giriladi. Formulalardagi havolalarni Excel o‘zi yangilaydi.
Varaqqa nomi matn ko‘rinishida murojaat qiladigan makroslar va INDIRECT (ДВССЫЛ) formulalari varaq nomi o‘zgargach ishlamay qolishi mumkin. Shuning uchun bu band standart holatda o‘chiq. Kitobda makros yoki shunday formulalar bo‘lsa, yoqishdan oldin o‘ylab ko‘ring.
Bekor qilish
Excel plaginlar va makroslar kiritgan o‘zgarishlarni o‘zining Ctrl+Z tarixida saqlamaydi — bu Excel’ning umumiy qoidasi. Shuning uchun lentada alohida Bekor qilish tugmasi bor.
-
Tugmani bosing
O‘girish yoki apostroflarni to‘g‘rilashdan keyin natija yoqmasa, Bekor qilish: … tugmasini bosing.
-
Hammasi joyiga qaytadi
O‘zgargan kataklar, izohlar, shakllar va varaq nomlari oldingi holatiga qaytadi.
- Faqat oxirgi amal
- Har yangi o‘girish oldingisining tarixini almashtiradi.
- Qo‘lda o‘zgartirilganlar
- O‘girishdan keyin siz qo‘lda o‘zgartirgan katakka tegilmaydi — ishingiz yo‘qolmaydi.
- Kitob yopilsa
- Tarix tozalanadi.
- Juda katta hajm
- 200 000 dan ortiq katak o‘zgarsa, xotirani tejash uchun tarix saqlanmaydi — bu haqda oldindan ogohlantirish chiqadi.
Muhim kitobni butunlay o‘girishdan oldin uning nusxasini saqlab qo‘ying — ikkala yozuvdagi variant ham kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Imlo tekshiruvi
Plagin o‘zbekcha so‘zlarni lotin va kirill yozuvida tekshiradi. Xato so‘z rangli fon va to‘lqinli chiziq bilan belgilanadi — xuddi Word’dagidek.
menijer, mutaxasis, Loyhalar va Tatilda xato deb belgilandi — katakning qolgan matni belgisiz.-
“Xatolarni tekshirish” ni bosing
Xatolarni tekshirish butun kitobni tekshiradi. Birinchi tekshiruvda lug‘at yuklanishi uchun bir-ikki soniya kerak bo‘lishi mumkin. -
Belgilarni ko‘ring
Varaqni aylantirsangiz yoki masshtabni o‘zgartirsangiz, belgilar kataklar bilan birga siljiydi.
-
Tuzating
Xato so‘z ustida o‘ng tugmani bosing va to‘g‘ri variantni tanlang — batafsil pastda.
Belgilar faqat ekranda
Belgilar faylga, katak formatiga va Ctrl+Z tarixiga yozilmaydi. Ular chop etishda va PDF’da chiqmaydi, kitobni boshqa kompyuterda ochganda ko‘rinmaydi va faylni “o‘zgargan” qilmaydi. Belgilarni tozalash ularni olib tashlaydi.
Butun katak ramkada
Ba’zi hollarda so‘zning katak ichidagi aniq o‘rnini hisoblab bo‘lmaydi: matn burilgan, “sig‘dirish uchun kichraytirish” yoqilgan, maxsus tekislash ishlatilgan yoki shriftda o‘zbekcha harflar yo‘q. Shunda so‘z emas, butun katak uzuq-uzuq ramka bilan belgilanadi. Qo‘shni katak matnni to‘sib qo‘ygan bo‘lsa ham shunday bo‘ladi. Formula natijalari tekshirilmaydi.
Xatolarni tuzatish
O‘ng tugma bilan
Belgilangan so‘z ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Menyuning eng tepasida:

menijer ustida o‘ng tugma: tepada menejer taklifi, pastroqda Matn tahriri bandi.| Menyu bandi | Nima qiladi |
|---|---|
| To‘g‘ri variantlar (5 tagacha) | So‘z tanlangan variant bilan almashtiriladi. Katakdagi qolgan matn va formatlash saqlanadi. |
| Lugʻatga qoʻshish: «…» | So‘z shaxsiy lug‘atingizga yoziladi. Lug‘at Word va PowerPoint plaginlari bilan umumiy. |
| Eʼtiborsiz qoldirish | Bu so‘z Excel yopilguncha xato deb belgilanmaydi. Lug‘atga hech narsa yozilmaydi. |
| (taklif yoʻq) | Lug‘atda o‘xshash so‘z topilmadi. |
Keyingi xato
Keyingi xato tugmasi faol katakdan keyingi xato so‘zli katakka o‘tadi (varaq oxiriga yetgach, yana boshidan boshlaydi) va varaqda jami nechta xatoli katak borligini ko‘rsatadi. Katta varaqlarda xatolarni bittalab topishning eng tez yo‘li.
Birma-bir tuzatish
Birma-bir tuzatish tugmasi UzOffice — Imlo tekshiruvi oynasini ochadi (Excel’dagi F7 uslubida). Bir nechta katak belgilangan bo‘lsa — faqat ular, aks holda butun varaq tekshiriladi. Oynada qaysi katakdagi so‘z ekani va takliflar ko‘rinadi:
- Almashtirish / Hammasini almashtirish — shu joyda yoki hamma joyda to‘g‘rilash;
- Oʻtkazib yuborish / Hammasini oʻtkazish — o‘zgartirmasdan keyingisiga o‘tish;
- Lugʻatga qoʻshish — so‘zni shaxsiy lug‘atga yozish.
Taklif bo‘lmasa, to‘g‘ri shaklni Almashtirish: maydoniga o‘zingiz yozishingiz mumkin.
Avtomatik tekshirish va belgi rangi
- Yozish paytida
- Yoqilgan bo‘lsa (standart), katakka matn kiritib Enter bosganingizda shu katakdagi xatolar darhol belgilanadi. O‘chirilsa — faqat Xatolarni tekshirish bosilganda.
- Hujjat ochilganda
- Yoqilgan bo‘lsa, kitob ochilishi bilan undagi barcha xatolar belgilanadi (standart — o‘chiq). Keyingi ochiladigan kitoblarga ta’sir qiladi.
- Belgi rangi
- Qizil (standart) yoki Sariq — jadval ranglariga qarab qaysi biri yaxshiroq ko‘rinsa.
Ikkala belgi ham o‘chiq bo‘lsa va Xatolarni tekshirish bosilmagan bo‘lsa, imlo qatlami umuman ishlamaydi va Excel’ni sekinlashtirmaydi.
Imlo: lotin alifbosi
Imlo tekshiruvi guruhidagi alifbo menyusi lotin so‘zlari qaysi alifbo bo‘yicha tekshirilishini tanlaydi: Joriy lotin (Oʻ, Gʻ, Sh, Ch, standart), Yangi lotin (Ö, Ğ, Ş, Ç) yoki Ikkala alifbo. Tanlov Word va PowerPoint plaginlari bilan umumiy — bir joyda o‘zgartirsangiz, hammasida o‘zgaradi. Batafsil: Word’dagi imlo alifbosi.
Apostroflarni to‘g‘rilash
Apostroflarni toʻgʻrilash klaviatura apostrofi va uning variantlarini (' ‘ ’ `) o‘zbek imlosidagi to‘g‘ri belgiga keltiradi: o va g dan keyin — ʻ (oʻ, gʻ), boshqa joyda — tutuq belgisi ʼ (maʼno).
Tugma tanlangan qamrovda ishlaydi. Belgilar soni o‘zgarmaydi, shuning uchun katak ichidagi formatlash aynan joyida qoladi. Natijani Bekor qilish bilan qaytarish mumkin.
Imlo tekshiruvi to‘g‘ri so‘zni xato deb ko‘rsatsa, avval shu tugmani bosing — ko‘pincha sabab noto‘g‘ri apostrofda.
Foydali maslahatlar
- Klaviatura bilan. Alt ni bosing — lentada harflar chiqadi. Matn tahriri yorlig‘ini oching, so‘ng K — Lotin → Kirill, L — Kirill → Lotin, Y — Yangi lotin, T — Xatolarni tekshirish, X — Belgilarni tozalash.
- Avval apostroflar, keyin imlo. Boshqa manbadan olingan jadvalda avval Apostroflarni toʻgʻrilash ni bosing.
- Aralash jadval. Inglizcha nomlar, kodlar yoki artikullar bor ustunlarni o‘girmaslik uchun kerakli ustunlarni belgilab, Belgilangan kataklar qamrovida o‘giring.
- Hisobot shablonlari. Formulalar o‘zgarmagani uchun shablonni o‘girgandan keyin hisob-kitoblar avvalgidek ishlaydi.
- Ichki qo‘llanma.
Qoʻllanma Excel’dan chiqmasdan qisqa yo‘riqnomani ochadi.
Savol-javoblar
Ctrl+Z o‘girishni qaytarmayapti
Bu Excel’ning qoidasi: plagin va makros o‘zgarishlari uning tarixiga tushmaydi. Lentadagi Bekor qilish tugmasini bosing — u oxirgi o‘girishni to‘liq qaytaradi.
Ayrim kataklar o‘girilmadi
Ular formula bo‘lishi mumkin (formula natijasi o‘girilmaydi) yoki varaq himoyalangan. Qamrovni ham tekshiring: Belgilangan kataklar tanlangan bo‘lsa, faqat belgilangan joy o‘giriladi.
Diagramma sarlavhasi yoki yig‘ma jadval o‘girilmadi
Diagrammalar, yig‘ma jadvallar, SmartArt va rasmlar o‘zgartirilmaydi. Diagramma o‘z ma’lumotlarini kataklardan olsa, kataklarni o‘girganingizda diagramma yozuvlari ham yangilanadi.
O‘ng tugma menyusida Matn tahriri yo‘q
Litsenziya faollashtirilmagan bo‘lishi mumkin yoki katak tahrirlash rejimida. Avval Enter ni bosing, so‘ng qayta urinib ko‘ring.
To‘g‘ri so‘z xato deb chiqyapti
Uch sababni tekshiring: (1) apostrof noto‘g‘ri — Apostroflarni toʻgʻrilash ni bosing; (2) alifbo mos emas — alifbo menyusida kerakli alifboni tanlang; (3) so‘z lug‘atda yo‘q — o‘ng tugma bilan Lugʻatga qoʻshish ni tanlang.
Belgi so‘z ostida emas, butun katak atrofida chiqyapti
Bu normal holat: so‘zning aniq o‘rnini hisoblab bo‘lmaganda (burilgan matn, maxsus tekislash, ba’zi shriftlar) butun katak ramka bilan belgilanadi. Katakni tanlab, Birma-bir tuzatish bilan tuzating.
Imlo belgilari faylda saqlanib qoladimi?
Yo‘q. Belgilar faqat sizning ekraningizda chiziladi. Faylni boshqa odamga yuborsangiz yoki chop etsangiz, ular ko‘rinmaydi.