Slayd, jadval va SmartArt matni
Sarlavhalar, matn maydonlari, shakllar, guruhlar, jadvallar va SmartArt o‘giriladi. Matn formatlash bo‘laklari bo‘yicha almashtiriladi — shrift, rang, effektlar va havolalar joyida qoladi.
Butun taqdimot, joriy slayd yoki belgilangan shakllar — lotin↔kirill va yangi 2026 alifbosiga. Shrift, rang, effektlar va havolalar o‘zgarmaydi, imlo esa faqat O‘zOffice belgilari bilan tekshiriladi.
Shu o‘rnatuvchi Word va Excel plaginlarini ham o‘rnatadi — litsenziya umumiy.
Plaginlar Windows kompyuteri uchun. Havolani o‘zingizga yuboring — kompyuterda ikki daqiqada o‘rnatasiz.
Sarlavhalar, matn maydonlari, shakllar, guruhlar, jadvallar va SmartArt o‘giriladi. Matn formatlash bo‘laklari bo‘yicha almashtiriladi — shrift, rang, effektlar va havolalar joyida qoladi.
Chapdagi eskizlar panelida bir nechta slaydni belgilab o‘girish mumkin. Ma’ruzachi izohlari (Notes) ham o‘giriladi — xohlasangiz o‘chirib qo‘yasiz.
Xato so‘zlar slaydda rangli belgilanadi, slayd-shou, chop etish va PDF’da ko‘rinmaydi. PowerPoint’ning o‘zbekchaga mos kelmaydigan qizil chizig‘i o‘chiriladi.
Belgilangan so‘z ustida o‘ng tugmani bosing — menyu tepasida takliflar chiqadi. So‘z formatlashi saqlanadi.
Taqdimotda dizayn hamma narsa — plagin matnni almashtiradi, lekin slaydning ko‘rinishiga tegmaydi.
PowerPoint bo‘yicha qo‘llanmaO‘rnatuvchi Word, Excel va PowerPoint plaginlarini birga o‘rnatadi. Kalitni birida faollashtirsangiz, qolganlarida ham ishlaydi.
Bitta o‘rnatuvchi Word, Excel va PowerPoint’ga birdaniga o‘rnatadi.
Word, Excel va PowerPoint yopiq holda o‘rnatuvchini ishga tushiring — uchala plagin birga o‘rnatiladi.
O‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmaWord, Excel yoki PowerPoint lentasida “Matn tahriri” yorlig‘i paydo bo‘ladi.
“Litsenziya” tugmasini bosing va hisobingizdagi API kalitini qo‘ying — bitta dasturda faollashtirish kifoya.
7 kun bepul sinash Kalitni qayerdan olaman?Mac, telefon, planshet va brauzerdagi Office Online’da ishlamaydi.
Yuklab olish va o‘rnatish bepul. Office’da ishlatish uchun faol obuna kerak — API kaliti shu obunadan olinadi va uchala plaginga yetadi.
7 kunlik sinov
Ha. Matn har bir formatlash bo‘lagi bo‘yicha o‘z joyida almashtiriladi: shrift, o‘lcham, rang, qalin/kursiv, soya va effektlar, havolalar, ro‘yxat belgilari va tekislash o‘zgarmaydi.
Ha, “Izohlarni (Notes) ham” belgilangan bo‘lsa (standart holatda yoqilgan). Taqdimotni boshqa yozuvga o‘tkazganda izohlar eski yozuvda qolib ketmaydi.
Ctrl+Z bosing: butun o‘girish bitta qadamda qaytadi. Taqdimot saqlanib yopilgach, PowerPoint o‘z qoidasiga ko‘ra Ctrl+Z tarixini tozalaydi.
U o‘zbekcha so‘zlarning deyarli hammasini xato deb chizardi. Plagin uni o‘chiradi va faqat O‘zOffice belgilarini qoldiradi. Bu faqat dastur sozlamasi — faylga yozilmaydi va PowerPoint keyingi ishga tushganda kuchga kiradi.
Yo‘q. Bitta kalit uchala plaginga yetadi: litsenziyani Word, Excel yoki PowerPoint’dan birida faollashtirsangiz, qolgan ikkitasida ham faol bo‘ladi. Bitta kompyuterdagi uchala dastur bitta qurilma hisoblanadi.
Yo‘q, plaginlar faqat Windows’dagi Office uchun: Mac, telefon, planshet va brauzerdagi Office Online’da ishlamaydi. U yerda O‘zOffice’ning veb-versiyasidan foydalaning — u brauzerda ochiladi va o‘sha o‘girish hamda imlo imkoniyatlarini beradi.
Yuklab olish va o‘rnatish bepul. Office ichida ishlatish uchun O‘zOffice hisobi va faol obuna kerak — API kaliti shu obuna doirasida beriladi. Ro‘yxatdan o‘tganda 7 kunlik sinov muddati beriladi.