PowerPoint plagini Word va Excel plaginlari bilan bitta o‘rnatuvchi orqali o‘rnatiladi va bitta litsenziya bilan ishlaydi. Plagin hali o‘rnatilmagan bo‘lsa: Plaginlarni o‘rnatish. Word yoki Excel’da faollashtirgan bo‘lsangiz, PowerPoint’da qayta faollashtirish shart emas.
Plagin PowerPoint’da nima qiladi
Plagin PowerPoint lentasiga Word va Excel’dagi bilan bir xil Matn tahriri yorlig‘ini qo‘shadi. U taqdimotni lotindan kirillga va aksincha o‘giradi, yangi lotin alifbosiga o‘tkazadi, slaydlardagi o‘zbekcha imloni tekshiradi va apostroflarni to‘g‘rilaydi. O‘girish qoidalari va imlo lug‘ati Word plaginidagi bilan aynan bir xil.
Matn tahriri yorlig‘i PowerPoint’da
PowerPoint’ni oching va lentadagi Matn tahriri yorlig‘ini tanlang:
| Guruh | Tugma | Nima qiladi |
|---|---|---|
| Yozuvni oʻgirish | Tanlangan qamrovdagi matnni lotindan kirillga o‘giradi. | |
Amaldagi lotin yozuviga (O‘, G‘, Sh, Ch) o‘giradi. | ||
| Yangi lotin alifbosiga (Ö, Ğ, Ş, Ç) o‘tkazadi. | ||
| Qamrov menyusi (Butun taqdimot) | Tugmalar nimaga ta’sir qilishini tanlaydi: Belgilangan, Joriy slayd yoki Butun taqdimot; shu yerda Izohlarni (Notes) ham belgisi. | |
| Turli apostroflarni to‘g‘ri o‘zbekcha belgilarga almashtiradi. | ||
| Imlo tekshiruvi | Taqdimotdagi xato so‘zlarni slaydda rangli belgilaydi. | |
| Shu taqdimotdagi barcha belgilarni olib tashlaydi. Matnga tegmaydi. | ||
| Keyingi xato | Keyingi xato so‘zni slaydda belgilaydi va jami nechta xato borligini aytadi. | |
| Birma-bir tuzatish | Xato so‘zlarni alohida oynada ketma-ket ko‘rib chiqish. | |
| Belgi rangi | Qizil (standart) yoki Sariq. | |
| Yozish paytida | Shakl yoki jadvalga yozayotganingizda xatolar darhol belgilanadi. Odatda yoqilgan. | |
| Hujjat ochilganda | Taqdimot ochilishi bilan butun taqdimot tekshiriladi. Odatda o‘chirilgan. | |
| Alifbo menyusi (Joriy lotin) | Lotin so‘zlari qaysi alifbo bo‘yicha tekshirilishi: Joriy lotin, Yangi lotin yoki Ikkala alifbo. | |
| Yordam · v… | Yangi versiya bor-yo‘qligini tekshiradi. | |
| PowerPoint plagini bo‘yicha ichki qo‘llanmani ochadi. | ||
| Taklif yoki xato haqida yozish uchun. | ||
| Litsenziya | Litsenziya holati va faollashtirish oynasi. Word va Excel bilan umumiy. |
Excel’dan farqli ravishda PowerPoint’da alohida “Bekor qilish” tugmasi yo‘q — kerak emas: PowerPoint plagin o‘zgarishlarini o‘zining Ctrl+Z tarixida saqlaydi (batafsil).
Faqat Yordam va Litsenziya ko‘rinyaptimi?
Litsenziya hali faollashtirilmagan yoki muddati tugagan. Faollashtiring — tugmalar darhol paydo bo‘ladi. Word yoki Excel’da faollashtirgan bo‘lsangiz, PowerPoint’da slayd yoki oynani almashtirishingiz bilan tugmalar o‘zi chiqadi.
Taqdimotni o‘girish
-
Qamrovni tanlang
Yozuvni oʻgirish guruhidagi qamrov menyusida nimani o‘girishni tanlang (batafsil — keyingi bo‘limda). Standart — Butun taqdimot. Tanlov eslab qolinadi.

Qamrov menyusi. -
Yo‘nalish tugmasini bosing
Lotin → Kirill,
Kirill → Lotin yoki
Yangi lotin. Lotin → Kirill matn joriy yoki yangi lotinda yozilganini o‘zi aniqlaydi. -
Natijani ko‘ring
Oyna pastida qisqa xabar chiqadi: nechta slayd va matn bloki o‘zgardi. Natija yoqmasa — Ctrl+Z ni bir marta bosing.


O‘girilgan matnning tili ham o‘zbekcha (kirill yoki lotin) deb belgilanadi. Aks holda PowerPoint kirill matnini ruscha deb hisoblab, o‘z tekshiruvida xato ko‘rsatardi.
Qamrov: nimalar o‘giriladi
| Tanlov | Nima o‘giriladi |
|---|---|
| Belgilangan | Belgilangan matn bo‘lagi, belgilangan shakllar (guruh va jadval ichidagilari bilan) yoki chapdagi eskizlar panelida belgilangan slaydlar. Hech narsa belgilanmagan bo‘lsa — joriy slayd. |
| Joriy slayd | Ochiq turgan slayddagi barcha matn: sarlavhalar, matn maydonlari, shakllar, guruhlar, jadvallar, SmartArt. |
| Butun taqdimot (standart) | Barcha slaydlar, jumladan yashirin slaydlar ham. |
Ma’ruzachi izohlari (Notes)
Izohlarni (Notes) ham belgilangan bo‘lsa (standart), slayd ostidagi ma’ruzachi izohlari ham o‘giriladi va imlosi tekshiriladi. Shunda taqdimotni boshqa yozuvga o‘tkazganda izohlar eski yozuvda qolib ketmaydi. Izohlarga tegmaslik kerak bo‘lsa, belgini olib tashlang.

Bir nechta slaydni o‘girish uchun chapdagi eskizlar panelida ularni Ctrl bilan belgilang va qamrovni Belgilangan qiling.
Formatlash to‘liq saqlanadi
Matn har bir formatlash bo‘lagi bo‘yicha o‘z joyida almashtiriladi. Shrift, o‘lcham, rang, qalin va kursiv, ajratish (highlight), soya va effektlar, havolalar, ro‘yxat belgilari va tekislash — hammasi o‘zgarishsiz qoladi. So‘z ichida bitta harf boshqa rangda bo‘lsa ham, u o‘sha rangda qoladi.
Nimalar o‘zgarmaydi
| Nima | Izoh |
|---|---|
| Diagrammalar | Diagramma matni uning ma’lumotlar jadvalida saqlanadi — o‘girilmaydi. O‘tkazib yuborilgan diagrammalar soni xabarda aytiladi. |
| Rasm, video, OLE obyektlar | Ularga tegilmaydi (rasm ichidagi yozuv — bu matn emas, tasvir). |
| Havolalar | Veb-manzil va e-pochta manzillari o‘girilmaydi, havolaning o‘zi ishlashda davom etadi. |
| Slayd namunasi va maketlar | Namuna (master) va maket slaydlariga tegilmaydi — faqat slaydlaringiz matni o‘giriladi. |
Bekor qilish (Ctrl+Z)
PowerPoint plagin o‘zgarishlarini o‘zining Ctrl+Z tarixida saqlaydi, shuning uchun alohida tugma kerak emas.
- O‘girish
- Butun o‘girish, hatto yuzlab slayd bo‘lsa ham — bitta Ctrl+Z.
- Apostroflar
- Bitta Ctrl+Z.
- Imlo tuzatishi
- Har bir tuzatish — alohida qadam.
- Saqlab yopilgach
- PowerPoint qoidasiga ko‘ra Ctrl+Z tarixi tozalanadi.
Imlo tekshiruvi
Xatolarni tekshirish taqdimotdagi xato so‘zlarni rangli fon va to‘lqinli chiziq bilan belgilaydi — xuddi Word’dagidek. Slaydni almashtirsangiz, aylantirsangiz yoki masshtabni o‘zgartirsangiz, belgilar matn bilan birga siljiydi. Burilgan shakldagi so‘z ham aniq belgilanadi — belgi matn bilan birga buriladi.
mijozar, buyurtamalar va so‘rovnama xato deb belgilandi.Belgilar faqat ekranda
Faylga va Ctrl+Z tarixiga hech narsa yozilmaydi. Belgilar slayd-shouda, chop etishda va PDF’da ko‘rinmaydi. Belgilarni tozalash ularni olib tashlaydi.
- Shakl ramkasida
- Vertikal yozuv yoki WordArt egilishi bo‘lsa, so‘z emas, butun shakl uzuq-uzuq ramka bilan belgilanadi.
- Izohlardagi xatolar
- Sanaladi va Keyingi xato hamda Birma-bir tuzatish da ko‘rsatiladi, lekin izohlar panelida chizilmaydi.
PowerPoint’ning o‘z qizil chizig‘i
PowerPoint’ning o‘z imlo tekshiruvi o‘zbek so‘zlarini inglizcha lug‘at bilan tekshirib, deyarli har bir so‘z ostiga chiziq tortardi. Chiziqlar aralashmasligi uchun plagin Word’dagidek PowerPoint’ning “yozish paytida imloni tekshirish” sozlamasini o‘chiradi — shunda faqat O‘zOffice belgilari qoladi.
Bu faqat dastur sozlamasi — taqdimot fayliga hech narsa yozilmaydi. PowerPoint sozlamani ishga tushganda o‘qiydi, shuning uchun o‘zgarish PowerPoint keyingi safar ochilganda kuchga kiradi.
Xatolarni tuzatish
O‘ng tugma bilan
Belgilangan so‘z ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing — menyuning eng tepasida to‘g‘ri variantlar chiqadi. Keraklisini tanlang: so‘z almashtiriladi, uning formatlashi saqlanadi.

mijozar ustida o‘ng tugma: mijozlar, mijozam, mijoz takliflari.- Lugʻatga qoʻshish: «…» — so‘z shaxsiy lug‘atga yoziladi (Word va Excel bilan umumiy);
- Eʼtiborsiz qoldirish — so‘z bu seansda xato deb belgilanmaydi;
- (taklif yoʻq) — lug‘atda o‘xshash so‘z topilmadi.
Keyingi xato
Keyingi xato tugmasi keyingi xato so‘zni slaydda belgilaydi (taqdimot oxiridan yana boshiga qaytadi) va jami nechta xato borligini ko‘rsatadi.
Birma-bir tuzatish
Birma-bir tuzatish UzOffice — Imlo tekshiruvi oynasini ochadi (F7 uslubida): biror narsa belgilangan bo‘lsa — belgilangani, aks holda butun taqdimot, izohlar bilan. Tugmalar: Almashtirish, Hammasini almashtirish, Oʻtkazib yuborish, Hammasini oʻtkazish, Lugʻatga qoʻshish.
Avtomatik tekshirish, belgi rangi va alifbo
- Yozish paytida
- Yoqilgan bo‘lsa (standart), shakl yoki jadvalga yozganingizda shu joydagi xatolar darhol belgilanadi. O‘chirilsa — faqat Xatolarni tekshirish bosilganda.
- Hujjat ochilganda
- Yoqilgan bo‘lsa, taqdimot ochilishi bilan undagi barcha xatolar belgilanadi (standart — o‘chiq).
- Belgi rangi
- Qizil (standart) yoki Sariq — slayd foniga qarab qaysi biri yaxshiroq ko‘rinsa. Qizil fonli slaydda sariq qulayroq.
- Alifbo menyusi
- Joriy lotin, Yangi lotin yoki Ikkala alifbo. Tanlov Word va Excel plaginlari bilan umumiy. Batafsil: imlo alifbosi.
Apostroflarni to‘g‘rilash
Apostroflarni toʻgʻrilash klaviatura apostrofi va uning variantlarini (' ‘ ’ `) to‘g‘ri belgiga keltiradi: o va g dan keyin — ʻ, boshqa joyda — tutuq belgisi ʼ. Tanlangan qamrovda ishlaydi, belgilar soni o‘zgarmaydi — formatlash aynan joyida qoladi. Qaytarish — Ctrl+Z.
Foydali maslahatlar
- Klaviatura bilan. Alt ni bosing va Matn tahriri yorlig‘ini oching, so‘ng K — Lotin → Kirill, L — Kirill → Lotin, Y — Yangi lotin, T — Xatolarni tekshirish, X — Belgilarni tozalash.
- Ikki yozuvdagi taqdimot. Taqdimotni “Saqlash boshqacha” bilan nusxalang va nusxani o‘giring — ikkala variant ham qo‘lingizda bo‘ladi.
- Avval apostroflar, keyin imlo. Boshqa manbadan ko‘chirilgan matnda avval Apostroflarni toʻgʻrilash ni bosing.
- Namoyishdan oldin. Keyingi xato bilan butun taqdimotni tez ko‘zdan kechiring — belgilar slayd-shouda baribir ko‘rinmaydi.
Savol-javoblar
O‘girish natijasi yoqmadi. Qanday qaytaraman?
Ctrl+Z ni bir marta bosing — butun o‘girish bitta qadamda qaytadi.
Ayrim matnlar o‘girilmadi
Ular diagramma matni (diagramma ma’lumotlar jadvalida), rasm ichidagi yozuv yoki OLE obyekt bo‘lishi mumkin. Taqdimot “Yakuniy” deb belgilangan yoki himoyalangan ko‘rinishda ochilgan bo‘lsa ham uni o‘zgartirib bo‘lmaydi — avval tahrirlashga ruxsat bering.
Slayd maketidagi (master) matn o‘girilmadi
Plagin namuna va maket slaydlariga ataylab tegmaydi. Maketdagi doimiy yozuvni Ko‘rinish → Slayd namunasi rejimida qo‘lda tahrirlang.
PowerPoint’ning o‘z qizil chizig‘i hali ham chiqyapti
PowerPoint’ni to‘liq yopib, qayta oching — sozlama keyingi ishga tushirishdan kuchga kiradi. Litsenziya faol bo‘lishi kerak.
O‘ng tugma menyusida Matn tahriri yo‘q
Litsenziya faollashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Rasm yoki diagramma ustida menyu chiqmaydi — matnli shakl ustida bosing.
To‘g‘ri so‘z xato deb chiqyapti
Uch sababni tekshiring: (1) apostrof noto‘g‘ri — Apostroflarni toʻgʻrilash ni bosing; (2) alifbo mos emas — alifbo menyusida kerakli alifboni tanlang; (3) so‘z lug‘atda yo‘q — o‘ng tugma bilan Lugʻatga qoʻshish ni tanlang.