O‘zOffice · Barcha imkoniyatlar

O‘zOffice nimalar qila oladi

O‘zOffice — o‘zbek tili uchun onlayn ofis. Quyida bugun ishlayotgan barcha imkoniyatlarning to‘liq ro‘yxati — brauzerda va Microsoft Word plaginida.

Onlayn matn muharriri

Brauzerda

Brauzerdagi to‘liq matn protsessori, tanish lenta bilan — kundalik o‘zbekcha hujjatlar uchun Microsoft Word’ga muqobil.

  • Formatlash va sahifa Shriftlar, uslublar, ro‘yxatlar, jadvallar, rasmlar, kolontitullar va sahifa sozlamalari — «Bosh», «Qo‘shish», «Sahifa» va «Havolalar» varaqlarida.
  • Fayllarni ochish va yuklab olish Kompyuterdan DOCX, RTF, TXT va HTML fayllarni oching; hujjatni DOCX, RTF, TXT yoki HTML formatida yuklab oling.
  • Muharrirning o‘zida o‘girish Lentadagi alohida varaq butun hujjatni lotin→kirill, kirill→lotin yoki 2026 alifbosiga o‘giradi; o‘ng tugma bilan faqat belgilangan qism o‘giriladi.
  • Apostroflarni tuzatish Bitta tugma o‘, g‘ harflaridagi va ma’no kabi so‘zlardagi noto‘g‘ri apostroflarni to‘g‘ri belgiga almashtiradi.
  • Chop etish va shablonlar To‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerdan chop eting; bo‘sh sahifadan yoki tayyor rezyume (CV) shablonidan boshlang.
  • Avtotuzatish va xatcho‘plar Odatiy yozish xatolari avtomatik tuzatiladi; xatcho‘plar uzun hujjatlarda harakatlanishni osonlashtiradi.
  • Avtosaqlash Yozishni to‘xtatganingizdan bir necha soniya o‘tib hujjat o‘zi saqlanadi; nomi yonida «Saqlandi 14:32» ko‘rinadi. Ctrl+S darhol saqlaydi. Tarifingizga bog‘liq.
  • PDF’ga eksport «Fayl» varag‘idagi «PDF yuklab olish» joriy matndan kirill va ‘ ’ belgilari to‘g‘ri chiqadigan PDF yaratadi. Tarifingizga bog‘liq.

Onlayn elektron jadval muharriri

Brauzerda

Hisob-kitob, ro‘yxat va hisobotlar XLSX’da — Excel formatida — hech narsa o‘rnatmasdan.

  • Formula va funksiyalar Alohida «Formulalar» varag‘i va standart funksiyalar kutubxonasi: yig‘indi, o‘rtacha, qidiruv, sanalar va boshqalar.
  • Diagrammalar Ma’lumotlaringizdan diagramma qo‘shing va uning ko‘rinishini sozlang.
  • Saralash, filtr va jadvallar Saralash, filtrlash va diapazonni jadval sifatida formatlash uchun «Ma’lumotlar» va «Jadval» varaqlari.
  • Excel bilan mos fayllar Jadvallar XLSX’da saqlanadi va yuklab olinadi, Microsoft Excel’da ochiladi; chop etish ham bor.
  • Avtosaqlash O‘zgarishlar to‘xtaganingizdan bir necha soniya o‘tib avtomatik saqlanadi; Ctrl+S darhol saqlaydi. Tarifingizga bog‘liq.
  • PDF’ga eksport Jadvalni chop etish yoki yuborish uchun PDF qilib yuklab oling — XLSX’dan tashqari. Tarifingizga bog‘liq.

Lotin ↔ kirill o‘girish

Bepul, ro‘yxatsiz Brauzer va Word

O‘girish mexanizmi harfma-harf jadvalga emas, o‘zbek imlo qoidalariga tayanadi — shuning uchun «ma’no», «shahri», «yo‘l» kabi so‘zlar to‘g‘ri chiqadi.

  • Bepul onlayn o‘giruvchi Bir martada 10 000 belgigacha, ro‘yxatdan o‘tmasdan; natija yozish bilan yangilanadi, uni nusxalash yoki .txt qilib saqlash mumkin. Matningiz saqlanmaydi.
  • Yozuvni avtomatik aniqlash Manba yozuv avtomatik aniqlanadi, jumladan lotin va kirill aralash matnda ham.
  • Yangi 2026 lotin alifbosi Matnni Ö, Ğ, Ş va Ç harflari bor yangi alifboga o‘giring — onlayn, muharrirda va Word’da.
  • Butun hujjat, formatlash saqlanadi Hujjatning asosiy matni, kolontitullari, izohlari, yakuniy izohlari, sharhlari va matn bloklari to‘liq o‘giriladi.

O‘zbekcha imlo tekshiruvi

Brauzer va Word

O‘zimizning o‘zbekcha lug‘atlarimiz qo‘shimchalarni taniydi, shuning uchun to‘g‘ri qo‘shimcha olgan so‘zlar xato deb belgilanmaydi.

  • Lotin va kirill Ikkala yozuv uchun alohida lug‘atlar; lotin uchun amaldagi alifbo, 2026 alifbosi yoki avtomatik rejimni tanlaysiz.
  • Yozish paytida Xatolar yozish paytidayoq tagiga chiziladi; o‘ng tugma beshtagacha to‘g‘ri variant ko‘rsatadi.
  • Shaxsiy lug‘at O‘zingiz ishlatadigan ism va atamalarni qo‘shing — ular endi belgilanmaydi; istalgan vaqtda o‘chirish mumkin.
  • Lug‘at yangilanishi Lug‘atlar muntazam to‘ldiriladi; Word plagini yangi versiyalarni avtomatik yuklab oladi.

Ulashish va ruxsatlar

Brauzerda

Fayllarni u yoqdan-bu yoqqa yubormasdan hamkasblarga hujjatga kirish huquqini bering.

  • E-pochta yoki telefon orqali Hujjatni aniq bir odamga uning e-pochtasi yoki telefon raqami orqali ulashing.
  • Ko‘rish yoki tahrirlash Faqat ko‘rish huquqi borlar hujjatni o‘qish rejimida ko‘radi; tahrirlovchilar uni o‘zgartirib saqlay oladi.
  • O‘zgartirish va bekor qilish Istalgan vaqtda odamni ko‘rishdan tahrirlashga (yoki aksincha) o‘tkazing yoki kirishni butunlay bekor qiling.

Microsoft Word uchun plagin

Windows · Microsoft Word

Kompyuterdagi Word’da ishlaydiganlar uchun: o‘sha o‘zbekcha vositalar Word lentasida. Bu O‘zOffice’ning qo‘shimcha qismi, alohida mahsulot emas.

  • Word ichida o‘girish Butun hujjat yoki belgilangan matn: lotin→kirill, kirill→lotin va 2026 alifbosiga, formatlash buzilmasdan.
  • Word’da imlo tekshiruvi Butun hujjatni yoki yozish paytida tekshirish, o‘ng tugmada variantlar va lotin alifbosini tanlash.
  • Apostroflarni tuzatish Hujjatdagi barcha o‘, g‘ va ’ belgilarini bitta tugma bilan bir xil ko‘rinishga keltiring.
  • Faollashtirilgach internetsiz ishlaydi Hisobingizdagi kalit bilan bir marta faollashtiring — keyin o‘girish va imlo tekshiruvi kompyuterning o‘zida ishlaydi.
  • Talablar Windows 10 yoki 11 hamda Microsoft Word 2016, 2019, 2021 yoki Microsoft 365 (kompyuter versiyasi). Yangilanishlar avtomatik tekshiriladi.

Hisob, xotira va to‘lov

Fayllaringizni tartibda saqlash va obunani boshqarish uchun kerakli hamma narsa.

  • Savat O‘chirilgan fayllarni tiklash, butunlay o‘chirish yoki savatni birdaniga tozalash mumkin.
  • Harakatlar jurnali Hisobingizdagi amallar tarixini vaqti bilan ko‘ring.
  • Tez kirish E-pochta bilan ro‘yxatdan o‘ting yoki Google va Telegram orqali kiring.
  • Mahalliy to‘lov Tariflar so‘mda, to‘lov Payme yoki Click orqali; bank kartasiz 7 kunlik bepul sinovdan boshlang.
  • To‘rt tilli interfeys O‘zbek (lotin), o‘zbek (kirill), rus va ingliz — muharrirlarning o‘zi ham.

Veb-platforma yoki Word plagini?

Ikkalasi ham bitta O‘zOffice hisobiga kiradi. Qayerda ishlash qulayligiga qarab tanlang — yoki ikkalasidan foydalaning.

Imkoniyat Veb-platforma Word plagini
Qayerda ishlaydi Istalgan zamonaviy brauzer Windows’dagi Microsoft Word
O‘rnatish Shart emas O‘rnatuvchi (.exe) + kalit
Matnli hujjatlar Ha Ha
Elektron jadvallar Ha Yo‘q — faqat Word
Lotin ↔ kirill va 2026 alifbosi Ha Ha
O‘zbekcha imlo tekshiruvi Ha Ha
Apostroflarni tuzatish Ha Ha
Hamkasblar bilan ulashish Ha Word’ning o‘z vositalari bilan
Internetsiz Yo‘q Ha, faollashtirilgach

O‘zOffice’ni 7 kun bepul sinab ko‘ring

Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa oladi, bank kartasi kerak emas. Onlayn o‘giruvchi esa ro‘yxatsiz ham bepul.

Bepul ro‘yxatdan o‘tish