O‘girishning uch usuli
| Vosita | Nima uchun qulay | Narxi |
|---|---|---|
| Onlayn o‘girgich | 10 000 belgigacha qisqa matnlar: joylashtiring, o‘giring, nusxalang. | Bepul, ro‘yxatdan o‘tmasdan |
| Matn muharriri (Tahlil & Tarjima yorlig‘i) | Formatlash, jadvallar va kolontitullari bor butun hujjatlar. | O‘zOffice hisobingizga kiradi |
| Office plaginlari | To‘g‘ridan-to‘g‘ri Windows’dagi Word, Excel va PowerPoint’da ishlash. | Kalit kerak: 7 kunlik sinov, keyin obuna |
Bepul onlayn o‘girgich
Kirill ↔ lotin o‘girgichni oching — hisob kerak emas.
-
Matnni joylashtiring yoki yozing
10 000 belgigacha. Manba alifbosi avtomatik aniqlanadi — hatto matnda kirill va lotin aralash bo‘lsa ham.
-
Qaysi alifboga o‘girishni tanlang
Kirill, Lotin (amaldagi) yoki Yangi lotin (
Ö Ğ Ş Ç). Natija yozishingiz bilan paydo bo‘ladi. -
Natijani oling
Nusxalashni bosing yoki
.txtfayl sifatida saqlash uchun Yuklab olishni bosing.
Matningiz saqlanmaydi — u faqat o‘girish uchun ishlatiladi.
Matn muharririda o‘girish
Hujjatni oching va Tahlil & Tarjima yorlig‘iga o‘ting:
| Tugma | Nima qiladi |
|---|---|
| L-K | Butun hujjat: lotin → kirill. |
| K-L | Butun hujjat: kirill → amaldagi lotin. |
| Yangi lotin | Butun hujjat → yangi lotin alifbosi (Ö Ğ Ş Ç). |
| Apostroflarni to‘g‘rilash | o‘ g‘ va ’ tutuq belgisini me’yorga keltiradi. |
Tugmalar butun hujjatni o‘giradi: asosiy matn, yuqori va pastki kolontitullar, sahifa osti va hujjat oxiridagi izohlar, sharhlar va matn maydonlari.
Matnning faqat bir qismini o‘girish
Matnni belgilang
So‘z, jumla yoki bir necha xat boshi.
Belgilangan joyni o‘ng tugma bilan bosing
Menyudan kerakli o‘girishni tanlang. Faqat belgilangan matn o‘zgaradi.
Lotin → kirill
Bu harfma-harf almashtirish emas: o‘girgich o‘zbek imlo qoidalariga amal qiladi. Masalan, sh va ch — ш va ч, o‘ va g‘ — ў va ғ bo‘ladi, ye, yo, yu, ya esa qoida talab qilgan joyda е, ё, ю, я ga aylanadi. s’h birikmasi (Is’hoq so‘zidagidek) to‘g‘ri ravishda ikki harf bo‘lib qoladi: сҳ.
Kirill → lotin
Lotinda yo‘q harflar qoida bo‘yicha o‘giriladi: ц, so‘z boshidagi е, yumshatish belgisi ь va ayirish belgisi ъ (u ’ tutuq belgisiga aylanadi). Natijada o‘xshash belgilar emas, to‘g‘ri o‘ g‘ belgilari ishlatiladi.
Yangi lotin alifbosi
Yangi lotin tugmasi (va onlayn o‘girgichdagi xuddi shunday tanlov) matnni yangilangan alifboga o‘tkazadi — unda to‘rtta harf o‘zgaradi:
| Amaldagi lotin | Yangi lotin | Kirill |
|---|---|---|
O‘ o‘ | Ö ö | Ў ў |
G‘ g‘ | Ğ ğ | Ғ ғ |
Sh sh | Ş ş | Ш ш |
Ch ch | Ç ç | Ч ч |
Yangi tahrir — 28 harf va 1 tutuq belgisi — O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrdagi O‘RQ-1184-son Qonuni bilan belgilangan va 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi (Qonun matni lex.uz’da). Amaldagi lotinda rasmiylashtirilgan hujjatlar kuchda qoladi.
Imlo tekshiruvi istalgan alifbo bo‘yicha ishlashi mumkin — o‘sha yorliqda Imlo: amaldagi lotin, Imlo: yangi lotin yoki Imlo: ikkala alifboni tanlang.
Apostroflarni to‘g‘rilash
Turli klaviaturalarda o‘, g‘ va tutuq belgisi har xil teriladi — ', `, ʻ yoki ʼ ko‘rinishida. Bu imlo tekshiruvi va qidiruvga xalaqit beradi. Apostroflarni to‘g‘rilash ularning barchasini to‘g‘ri belgilarga almashtiradi: o va g dan keyin ‘, qolgan barcha holatlarda ’ (ma’lumot).
Nimalar o‘zgarmaydi
Faqat harflar o‘zgaradi. Shriftlar, o‘lchamlar, ranglar, qalin va kursiv, sarlavhalar, ro‘yxatlar, jadvallar, rasmlar va sahifa tartibi avvalgidek qoladi.
Hujjatda ruscha yoki inglizcha parchalar bo‘lsa, boshqa tillarga tegmaslik uchun faqat o‘zbekcha qismlarni o‘ng tugma menyusi orqali o‘giring.
Word, Excel va PowerPoint’da
O‘zOffice plaginlari Windows’dagi Word, Excel va PowerPoint’ga xuddi shu o‘girish, yangi alifbo, apostroflarni to‘g‘rilash va o‘zbekcha imlo tekshiruvini qo‘shadi: Word’da — butun hujjat, Excel’da — kataklar (formulalar o‘zgarmaydi), PowerPoint’da — slaydlar va izohlar. Plagin hisobingizdagi API kaliti bilan faollashtiriladi: 7 kunlik sinov muddatiga bitta kalit kiradi, undan keyin obuna kerak.
Ko‘p beriladigan savollar
Bu tarjimami?
Yo‘q. So‘zlar o‘zbekcha qoladi, faqat alifbo o‘zgaradi.
O‘girishni bekor qilsa bo‘ladimi?
Matnni qarama-qarshi tugma bilan qayta o‘giring — masalan, L-K dan keyin K-L. Ishonchingiz komil bo‘lmasa, o‘girishdan oldin hujjat nusxasini yuklab oling.
Onlayn o‘girgich matnimni saqlaydimi?
Yo‘q. Matn serverga faqat o‘girish uchun yuboriladi va hech qayerda saqlanmaydi.