UzOffice PDF Studio
PDF bilan ishlash uchun hamma narsa — bitta dasturda
UzOffice PDF Studio — Windows uchun o‘zbek tilidagi PDF muharriri: ko‘rish va izohlash, sahifalar, himoya va imzo, chop etish, skanerni qidiriladigan PDF yoki Word hujjatiga aylantirish.
Imkoniyatlar
Kundalik PDF ishlari uchun
Ko‘rish va izohlash
- Sahifa eskizlari, xatcho‘plar va matn bo‘yicha qidiruv
- Izohlar va matnni belgilash
- PDF formalarini to‘ldirish
- Papka bo‘yicha qidiruv: bir nechta PDF ichidan matn topish (Ctrl+Shift+F)
Sahifalar
- Burish, o‘chirish, yuqoriga va pastga surish
- Ajratib olish, bo‘lish va bir nechta PDF’ni birlashtirish
- Fayl, bo‘sh sahifa yoki rasm qo‘shish
- Sahifani kesish va kolontitul qo‘shish
Himoya va imzo
- Parol bilan himoyalash (AES-256) va himoyani olib tashlash
- Raqamli imzo — Windows sertifikatlar omboridan yoki PFX fayldan, ko‘rinadigan imzo maydoni bilan
- Maxfiy ma’lumotni o‘chirish: matn yoki andoza (e-pochta, telefon, pasport, JShShIR, karta raqami) bo‘yicha — matn fayldan haqiqatan o‘chiriladi
Asboblar
- Suv belgisi va sahifa raqamlari
- Fayl hajmini kichraytirish
- Hujjat xususiyatlari: sarlavha, muallif, mavzu
- Izohlarni qotirish — sahifaning o‘zgarmas qismiga aylantirish
O‘girish va matnni tanish
- Rasmlardan PDF va PDF’dan rasmlar
- PDF’dagi matnni eksport qilish
- Skanerlangan PDF’ni qidiriladigan qilish (OCR)
- Word’ga o‘girish — jadval, ustun va formatlash bilan
Chop etish
- Qog‘ozdagi jonli ko‘rinish bilan chop etish oynasi
- Buklet, bir varaqda bir nechta sahifa, plakat
- Toq yoki juft sahifalar, teskari tartib, ikki tomonlama, oq-qora
- Tayyor maketni PDF sifatida saqlash
Qulayliklar
- Faylni oynaga tashlang: PDF ochiladi, bir nechta PDF birlashadi, rasmlar PDF bo‘ladi
- Amallarni bekor qilish va so‘nggi fayllar (qidiruv, mahkamlash)
- 44 ta klaviatura yorlig‘i va ichki qo‘llanma (F1)
- Interfeys o‘zbek (lotin, kirill), rus va ingliz tillarida; bir nechta rang mavzusi
Litsenziya
Office plaginlari bilan bitta litsenziya
- Word, Excel yoki PowerPoint plaginida faollashtirilgan kalit PDF Studio’da ham ishlaydi — alohida kalit kerak emas.
- Ko‘rish, sahifa amallari, himoya va chop etish kompyuteringizda, internetsiz bajariladi.
- Matnni tanish va Word’ga o‘girish serverda bajariladi: faol litsenziya va internet kerak, sahifalar tarif limitidan yechiladi.
Tizim talablari va o‘rnatish
- Windows 10 yoki 11, .NET Framework 4.8 (o‘rnatuvchi o‘zi tekshiradi)
- Administrator huquqisiz, joriy foydalanuvchi uchun o‘rnatiladi; xohlasangiz — barcha foydalanuvchilar uchun
- PDF fayllar uchun “Bilan ochish” ro‘yxatiga qo‘shiladi — standart dasturingiz majburan almashtirilmaydi
- Alohida o‘rnatuvchi: Office plaginlarini o‘rnatish yoki o‘chirish unga ta’sir qilmaydi
Savol-javob
Ko‘p so‘raladigan savollar
PDF ichidagi matnni tahrirlash mumkinmi?
Mavjud matnni PDF ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlab bo‘lmaydi. Buning o‘rniga “Word’ga o‘girish”dan foydalaning: hujjat asl ko‘rinishida Word fayliga aylanadi, uni tahrirlab, yana PDF qilib saqlaysiz.
Litsenziya kerakmi?
Litsenziya Word, Excel va PowerPoint plaginlari bilan umumiy: biror dasturda faollashtirilgan kalit PDF Studio’da ham amal qiladi. Matnni tanish va Word’ga o‘girish uchun faol litsenziya va internet kerak.
Qaysi tizimlarda ishlaydi?
Windows 10 va 11 da. Administrator huquqi shart emas. macOS va mobil qurilmalar uchun versiya yo‘q.
Fayllarim internetga yuboriladimi?
Yo‘q, fayllar kompyuteringizda qoladi. Faqat matnni tanish yoki Word’ga o‘girishni tanlaganingizda fayl shu ish uchun O‘zOffice serveriga yuboriladi.
Qayerdan yuklab olaman?
Shu sahifadagi “Yuklab olish” tugmasi orqali. Dastur o‘z o‘rnatuvchisi bilan tarqatiladi va Office plaginlariga bog‘liq emas.
Interfeys qaysi tillarda?
O‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. Til sozlamalarda almashtiriladi va dastur qayta ochilganda kuchga kiradi.