Rasm va PDF’dan matn olish
Skaner yoki telefon rasmini yuklang — o‘zbekcha matnni lotin yoki kirillda oling. Yo‘qolgan diakritika (q, g‘, o‘, h) va ko‘chirishlar avtomatik tuzatiladi.
Kirishsiz: kuniga 1 sahifa (PDF’ning birinchi sahifasi). Fayl va matn saqlanmaydi.
Skanerdan — tahrirlanadigan hujjat
Hujjat qog‘ozda qanday bo‘lsa, Word faylida ham shunday chiqadi — matnni qaytadan terish va formatlash shart emas.
-
Jadval va ramkalar Kataklar, chegaralar va ramkalar o‘z o‘rnida — haqiqiy Word jadvali bo‘lib chiqadi.
-
Qalin, kursiv va shrift o‘lchami Yozuv qalinligi, kursiv, tekislash va xatboshi chekinishlari saqlanadi.
-
Ko‘p ustunli sahifalar Gazeta va axborotnomalardagi ikki-uch ustunli matn Word ustunlari bilan qayta quriladi.
-
Kolontitul va sahifa raqami Har sahifada takrorlanadigan sarlavha kolontitulga, sahifa raqami esa avtomatik raqamga aylanadi.
-
Muhr, gerb va rasmlar Muhr, gerb, imzo va rasmlar asl joyida rasm sifatida qo‘yiladi.
-
Blanka chiziqlari To‘ldiriladigan joylar tagidagi chiziqlar, ajratuvchi va qo‘sh chiziqlar ham tiklanadi.
DOCX — asl ko‘rinishda
Word’da ochib, darhol tahrirlaysiz. Natijani “Hujjatlarim”ga saqlab, onlayn muharrirda ham ochish mumkin.
Qidiriladigan PDF
Sahifa avvalgidek ko‘rinadi, lekin endi undagi matnni qidirish, belgilash va nusxalash mumkin.
Oddiy matn (TXT)
Faqat matn kerak bo‘lsa — formatsiz, nusxalab istalgan joyga qo‘yish uchun.
Yuqoridagi bepul vosita natijani matn ko‘rinishida beradi. DOCX va qidiriladigan PDF kabinetda yuklab olinadi.
Oddiy OCR’dan farqi
Lotin, kirill yoki avtomatik
Yozuvni o‘zingiz tanlaysiz yoki u hujjatdan avtomatik aniqlanadi. Kabinetda natijani boshqa yozuvga o‘girib olish ham mumkin.
Lug‘at bilan tuzatish
Tanilgan so‘zlar o‘zbek lug‘ati bilan tekshiriladi: yo‘qolgan o‘, g‘, q, h harflari va apostroflar tiklanadi, ko‘chirishlar birlashtiriladi.
Raqamli PDF — OCR’siz
Matn qatlami bor PDF (Word’dan saqlangan, elektron hujjat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qiladi: aniqroq, tezroq va bunday sahifalar limitdan yechilmaydi.
Tekshirish qulay
Kabinetda sahifa rasmi va matn yonma-yon ko‘rinadi, ishonchi past so‘zlar va avtomatik tuzatishlar rang bilan belgilanadi.
Bitta xizmat — uch joyda
Limit hisobingizga bog‘langan va uchala joyda umumiy.
Veb-ilova
Kabinetdagi “Matnni tanish (OCR)” bo‘limi: ko‘p sahifali PDF va rasmlar, natijani DOCX, qidiriladigan PDF yoki TXT qilib yuklab olish.
Bepul ro‘yxatdan o‘tishWord plagini
Lentadagi “Skanerdan matn” tugmasi: skanerni tanlang — natija yangi hujjat bo‘lib ochiladi yoki kursor turgan joyga qo‘yiladi.
BatafsilUzOffice PDF Studio
Windows uchun PDF muharriri: skanerlangan PDF’ni qidiriladigan qilish yoki Word’ga o‘girish — bir tugma bilan.
BatafsilQancha sahifa tanish mumkin
| Tarif | Sahifalar | Bitta faylda | Fayl hajmi |
|---|---|---|---|
| Kirishsiz | kuniga 1 | 1 sahifa (PDF’ning birinchisi) | 5 MB |
| Ro‘yxatdan o‘tgan, obunasiz | oyiga 10 | 5 sahifagacha | 10 MB |
| Bepul | sinov davomida 30 | 10 sahifagacha | 10 MB |
| Standart | oyiga 300 | 100 sahifagacha | 50 MB |
| Premium | oyiga 1000 | 300 sahifagacha | 100 MB |
| Korporativ | oyiga 3000 | 500 sahifagacha | 200 MB |
- Matn qatlamidan o‘qilgan sahifalar limitdan yechilmaydi. Oylik limit har oy boshida yangilanadi.
- Kattaroq tariflardagi ishlar navbatda ustuvor qayta ishlanadi.
Fayllaringiz qayerda va qancha saqlanadi
- Kirishsiz vositada fayl va matn saqlanmaydi — natija faqat brauzeringizda ko‘rinadi.
- Kabinetga yuklangan fayl va natijalar 30 kundan keyin avtomatik o‘chiriladi; ularni oldinroq o‘zingiz ham o‘chira olasiz.
- Matn O‘zOffice serverlarida taniladi — fayllar tashqi OCR xizmatlariga yuborilmaydi.